. UZS

Centrum Air aviakompaniyasi 30-mart kuni Toshkent – Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha ilk muntazam parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirib, rasman o‘zining birinchi Yevropa yo‘nalishini ochdi. Reysning yo‘lga qo‘yilishi aviakompaniyaning xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va Yevropa bozoriga chiqishida muhim bosqich bo‘ldi.

Birinchi reys munosabati bilan aeroportda yo‘lovchilarni tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi: mehmonlar bayramona bezaklar, tort va shirinliklar bilan qarshi olindi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yangi yo‘nalishning ahamiyatini ta’kidladi. Inauguratsiya marosimida O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayndagi Bosh konsuli Miranshoh Raupov, Fraport vakili – aviakompaniyalar bilan ishlash bo‘limi rahbari Kristina Morat, Swissport vakili Hikmet Karakelle, Sky Line Air Services – GSA Centrum Air vakili Mohamed Bayoumi, shuningdek, Centrum Air mintaqaviy vakolatxonalari va xorijiy idoralari koordinatori O‘tkur Alimov ishtirok etdi.
Toshkent va Frankfurt o‘rtasidagi parvozlar haftasiga ikki marta zamonaviy Airbus A321neo havo kemalarida amalga oshiriladi. Yangi yo‘nalish O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlab, ishbilarmonlik va turistik safarlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Centrum Air aviakompaniyasi ikkita mashhur yo‘nalish: Toshkent – Bangkok va Toshkent – Phuket bo‘yicha aviachiptalarga maxsus aksiya boshlanganini e’lon qiladi.Aksiya shartlari:Toshkent – Bangkok va Toshkent – Phuket yo‘nalishlarida barcha yo‘lovchilar uchun aviachiptalarga 25% chegirma amal qiladi.2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan yosh sayohatchilar uchun esa kengaytirilgan – 45% gacha chegirma taqdim etiladi.Chegirmalar ham bir tomonga, ham borish-kelish chiptalariga amal qiladi.Aksiya muddati:– Chiptalarni sotib olish davri: 2026-yil 11 – 31-may.– Parvoz qilish davri: 2026-yil 11-maydan 31-iyulgacha.Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida sotib olishingiz mumkin: centrum-air.com
13 May, 2026

Pokistonning yirik sayyohlik agentliklari vakillari, yetakchi kompaniya raislari va bosh direktorlari Centrum Air aviakompaniyasining Toshkentdagi idorasiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish hamda Pokistondan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirishdan iborat.Pokiston delegatsiyasiga KPK sayyohlik agentliklari uyushmasi raisi janob Abid Ud Din boshchilik qildi. Uchrashuv davomida tomonlar Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish, Toshkent orqali qulay tranzit reyslarini yo‘lga qo‘yish hamda ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini yanada mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildilar.Pokiston fuqarolarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Boy madaniy meros, tarixiy shaharlar va an’anaviy mehmondo‘stlik tufayli O‘zbekiston mintaqadagi eng jozibador sayyohlik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, tomonlar turizmning alohida yo‘nalishlari: ayollar guruhlari, ziyorat turizmi, oilaviy va madaniy-ma’rifiy sayohatlarni rivojlantirish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.Eslatib o‘tamiz, Centrum Air aviakompaniyasi 2026-yil 21-apreldan buyon Toshkent – Lahor – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. Reyslar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari bajarilmoqda.Centrum Air turizm sohasini rivojlantirish va xalqaro aloqalarni kengaytirish, sayyohlik tarmog‘i vakillari bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatish hamda sayohatchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga faol hissa qo‘shishda davom etmoqda.
11 May, 2026

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Centrum Air aviakompaniyasining parvoz ekipajlari va xodimlari Toshkentdagi Mustaqillik maydonida joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘ydilar.Ushbu sana – tinchlik yo‘lida jon fido qilgan barcha insonlarga bo‘lgan cheksiz hurmat ramzidir. Biz uchun bu xotirani asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish g‘oyat muhim.Centrum Air qahramonlar jasoratini qadrlaydi va o‘sha suronli yillarni boshidan kechirgan barcha insonlar oldida ta’zim qiladi.
9 May, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan