. UZS

Centrum Air Priority — barcha aeroportlarda ustuvor ro‘yxatdan o‘tish xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda

Centrum Air Priority — barcha aeroportlarda ustuvor ro‘yxatdan o‘tish xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda

23 May, 2026

Centrum Air aviakompaniya yo‘nalishlar tarmog‘idagi barcha aeroportlarda yo‘lovchilar uchun amal qiladigan yangi Priority xizmati ishga tushirilganini e’lon qiladi. Ushbu xizmat parvozoldi jarayonlariga ketadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirish va sayohat boshlanishini maksimal darajada qulay qilish imkonini beradi.


Xizmatdan foydalangan yo‘lovchilar uchta asosiy afzallikka ega bo‘ladilar:


  • Alohida ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasi — umumiy navbatlarsiz

  • Bagajlarni ustuvor topshirish — tez va kutishlarsiz

  • Havo kemasiga birinchilardan bo‘lib chiqish — qo‘l yukini bo‘sh javonlarga qulay joylashtirish imkoniyati


Xizmatni faollashtirish uchun ro‘yxatdan o‘tish hududidagi Priority peshtaxtasiga yaqinlashish, xizmat haqini to‘lash va o‘tish taloniga Priority stikerini olish lozim. Samolyotga chiqishda ushbu stikerni aviakompaniya xodimiga ko‘rsatish kifoya.

Toshkent aeroportida to‘lov ro‘yxatdan o‘tish hududida joylashgan Centrum Air aviakassasida amalga oshiriladi.


Priority xizmati bir yo‘lovchi uchun parvozga kamida 24 soat qolganda to‘langanda 144 000 so‘m ($12) etib belgilangan. Kechroq to‘lov qilinganda xizmat qiymati 20% ga oshadi.


Priority xizmati ayniqsa yo‘lovchi oqimi ko‘p bo‘lgan Dubay, Moskva, Frankfurt, Toshkent, Tbilisi kabi aeroportlarda juda qulaydir. Bundan tashqari, xizmat Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘idagi barcha boshqa aeroportlarda ham mavjud. Muayyan aeroportda xizmat ko‘rsatish tafsilotlarini aviakompaniyaning ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasidagi vakilidan aniqlashtirish mumkin.




Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Air Asterium bilan hamkorlikda kriptoekvayringni yoʻlga qoʻymoqda

Centrum Air Asterium bilan hamkorlikda kriptoekvayringni yoʻlga qoʻymoqda

Centrum Air aviakompaniyasi oʻz rasmiy saytida Asterium platformasining innovatsion vositasi – kriptoekvayringni joriy etib, Markaziy Osiyoda bunday texnologik yangilikni taqdim qilgan ilk aviatashuvchiga aylandi va mintaqadagi texnologik yetakchilik maqomini mustahkamladi.Ushbu yechim yoʻlovchilar uchun moliyaviy imkoniyatlarning mutlaqo yangi darajasini ochadi hamda odatiy toʻlov vositalari qatorini ilgʻor kriptotexnologiyalar hisobiga kengaytiradi.Asterium kriptoekvayring tizimining integratsiyalashuvi anʼanaviy moliya va kriptoaktivlar oʻrtasidagi toʻsiqlarni butunlay yoʻq qilishga xizmat qildi. Natijada aviachiptalarni sotib olish jarayoni maksimal darajada soddalashtirildi va uzluksiz koʻrinishga keltirildi.Aviakompaniyaning rasmiy saytida oddiy reysga band qilinganda (bron qilinganda), yoʻlovchi hisob-kitob birligi sifatida milliy valyuta (UZS)ni tanlaydi. Tranzaksiya Asterium kriptohamyoni orqali tasdiqlanganda, tizim zudlik bilan (orqa fonda) foydalanuvchining kriptoaktivlarini sotadi. Shundan soʻng mablagʻlar Centrum Air bank hisobraqamiga toʻgʻridan toʻgʻri va hech qanday kechikishlarsiz milliy valyutada kelib tushadi.Sahifadagi integratsiyadan tashqari, ushbu hamkorlik Asterium kriptokartalari egalari uchun ham yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Mazkur fintex-yechimlar ham milliy Humo toʻlov tizimi, ham Visa va Mastercard kabi yirik xalqaro gigantlar bilan sinergiyada (oʻzaro uygʻunlikda) ishlaydi.Chiptalarni centrum-air.com rasmiy saytida band qilish mumkin.

13 Iyul, 2026

Centrum Air afsonaviy aksiyasini qaytarmoqda:  100 ta aviachipta 12 000 so‘mdan

Centrum Air afsonaviy aksiyasini qaytarmoqda: 100 ta aviachipta 12 000 so‘mdan

Centrum Air o‘zining eng shov-shuvli promoaksiyalaridan biri — “chipta ovi” qaytayotganini e'lon qiladi. Bu gal yo‘lovchilarni istalgan yo‘nalish bo‘yicha, jumladan, ommabop xalqaro marshrutlar uchun 12 000 so‘mdan 100 ta aviachipta kutmoqda.2026-yil 5-iyul kuni aviakompaniyaning mobil ilovasida 100 ta 12 000 so‘mlik aviachipta “yashiriladi” — yo‘nalish bo‘yicha cheklovlarsiz. Yo‘nalishlar orasida — Maldiv orollari, Phuket, Moskva, Dubay va boshqalar ham bor. Chiptalar birinchi bo‘lib topgan va band qilgan yo‘lovchilarga nasib etadi.Aksiyada qatnashish juda oson: foydalanuvchi mobil ilovani (App store yoki Google Play) o‘rnatishi, istalgan yo‘nalish va sanani tanlashi hamda 12 000 so‘m narxni topsa, xaridni darhol yakunlashi kerak. Qidiruv urinishlari soni cheklanmagan.Aksiya 2026-yil 5-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 dan 23:59 gacha davom etadi. 12 000 so‘mlik aviachiptalar 2026-yil 30-noyabrgacha bo‘lgan reyslar uchun amal qiladi.6-iyul kuni Centrum Air “omadli chiptalar” qaysi yo‘nalishlarga yashirilganini e’lon qiladi.Diqqat! Aksiya qoidalari bilan bu yerda tanishing.

3 Iyul, 2026

Centrum Air biznes-klass uchun 35% chegirma taklif etadi

Centrum Air biznes-klass uchun 35% chegirma taklif etadi

Centrum Air eng ommabop xalqaro yo‘nalishlardan biri bo‘yicha biznes-klass o‘rinlariga maxsus taklifni taqdim etadi. 2026-yil 27-iyundan 31-iyulgacha yo‘lovchilar biznes-klass aviachiptalarini 35% chegirma bilan — 6 200 000 so‘mdan boshlab sotib olishlari mumkin.Aksiya har ikki yo‘nalish: Toshkent – Istanbul va Istanbul – Toshkent reyslariga tatbiq etiladi. Maxsus tarif iyul oyi davomida amal qiladi, 3-iyul kungi reys bundan mustasno.Istanbul – Toshkent yo‘nalishida parvoz qilayotgan yo‘lovchilar uchun alohida qulaylik ham taqdim etilgan. Biznes tarifiga har biri 32 kg gacha bo‘lgan 3 ta bagaj o‘rni kiradi. Bu uzoq safardan qaytayotgan yoki ko‘p yuk bilan sayohat qilayotgan yo‘lovchilar uchun katta afzallikdir.Mazkur yo‘nalishdagi Centrum Air biznes-klassi parvozning ilk daqiqalaridanoq yuqori darajadagi qulaylik va xizmatni taqdim etadi. Shu bois ushbu taklif xizmat sifatini qadrlaydigan ishbilarmon yo‘lovchilari hamda sayyohlar uchun ayniqsa jozibador hisoblanadi.Maxsus tarif bo‘yicha chiptalarni mobil ilova hamda Centrum Air rasmiy saytidan xarid qilish mumkin.Taklif 2026-yil 27-iyundan 31-iyulgacha bo‘lgan reyslarga amal qiladi, 3-iyuldagi reys bundan mustasno. Maxsus tarifdagi joylar soni cheklangan.

24 Iyun, 2026

Centrum Air ilovasida
tarif narxidan 5% chegirma

App StoreGoogle Play Store
App screenshot
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari