. UZS

Centrum Air aviakompaniyasining rasmiy bayonoti

Centrum Air aviakompaniyasining rasmiy bayonoti

13 Yanvar, 2026

Masala aviakompaniya rahbariyati tomonidan har tomonlama o‘rganib chiqilganidan so‘ng maʼlum bo‘ldiki, mazkur material real voqelikni aks ettirmaydi hamda uchuvchining bevosita kasbiy faoliyati yoki Centrum Air aviakompaniyasi bilan bog‘liq emas. Ushbu material uchuvchining sahifasini yuritgan uchinchi taraf PR-agentligi tomonidan tayyorlangan va e’lon qilingan. Material mazmuni bilan tanishganidan so‘ng uchuvchi hayvonlarga oid bunday bayonotlar noo‘rin va qabul qilib bo‘lmas deb topib, uni mustaqil ravishda o‘chirib tashlagan.


Material o‘chirilgan bo‘lsa-da, yuzaga kelgan holatga jiddiy baho berilmoqda. Zero, Centrum Air aviakompaniyasi hayvonlarga nisbatan insonparvar va masʼuliyatli munosabat tamoyillarini qatʼiy qo‘llab-quvvatlaydi, zootashabbuslar va ekologik loyihalarda faol ishtirok etib keladi. 


Jumladan, 2024-yilning dekabrida aviakompaniya ekipaj va xodimlari @mehr_shelter boshpanasiga tashrif buyurib, bu yerda saqlanayotgan jonivorlarga mehr-muruvvat ko‘rsatishdi. 2025-yil 22-yanvar kuni esa aviakompaniya hayvonlar boshpanasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya mablag‘larini to‘plash jarayonini keng yoritib, mazkur tashabbusning ommaviy targ‘ib etilishini ta’minladi. 


Bundan tashqari, aviakompaniya 2025-yilda kichik do‘stlarimizni himoya qilish va ularga yordam berish masalalariga e’tibor qaratishga qaratilgan boshpanalardagi hayvonlar ishtirokida maxsus xayriya taqvimini chop etdi. 


Yuzaga kelgan vaziyat munosabati bilan hayvonlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha tashabbuslar qabul qilindi, jumladan:


1. Reyslarimizda uy hayvonlarini tashish uchun 20 foizlik chegirmali maxsus ijtimoiy tarif joriy etiladi;


2. Hayvonlar boshpanalariga zarur tibbiy preparatlar, ozuqa va boshqa ehtiyojlar bilan amaliy yordam ko‘rsatiladi;


3. Ko‘rilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilgan yordam natijalari aviakompaniyaning rasmiy axborot kanallari orqali eʼlon qilib boriladi.


Centrum Air aviakompaniyasi yuzaga kelgan holatdan chuqur afsusda ekanini bildiradi va jamoatchilikdan uzr so‘raydi. Biz hayvonlarni himoya qilishga qaratilgan xayriya loyihalarini izchil davom ettiramiz hamda kichik do‘stlarimiz taqdiriga befarq emasligimizni amaliy ishlar bilan namoyon etamiz.

Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Air reyslarida qo‘l yukini tashish qoidalari

Centrum Air reyslarida qo‘l yukini tashish qoidalari

Yo‘lovchilar qulayligi va xavfsizligi uchun Centrum Air reyslarida samolyot saloniga qo‘l yukini olib kirish bo‘yicha yagona me’yorlar amal qiladi.Har bir yo‘lovchi vazni 8 kg gacha bo‘lgan bir dona qo‘l yukini bortga bepul olishi mumkin.Umumiy o‘lchamlar 115 sm dan oshmasligi kerak, tavsiya etilgan o‘lcham – 55 × 35 × 25 sm. Hisob-kitobga barcha elementlar: cho‘ntaklar, tutqichlar va g‘ildiraklar kiritiladi.Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida qo‘l yukiga maxsus birka yopishtiriladi.Aeroportda qo‘l yuki kalibrator yordamida tekshirilishi mumkin: sumka uning ichiga erkin sig‘ishi lozim. Samolyotga chiqish vaqtida ham takroriy tekshiruv amalga oshirilishi mumkin.Salonda qo‘l yuki oldindagi o‘rindiq ostiga yoki yuk tokchasiga joylashtiriladi. Standart qo‘l yuki o‘rniga ixcham buklanadigan bolalar aravachasini (trost-kolyaska) tashishga ruxsat beriladi.Belgilangan me’yordan tashqari, yo‘lovchilar qo‘shimcha ravishda quyidagilarni o‘zlari bilan olishlari mumkin:kichikroq ryukzak, ayollar sumkasi yoki noutbuk sumkasi (30 × 40 × 10 sm gacha),yopinchiq,mutolaa uchun materiallar,bolalar taomi,soyabon yoki hassa,Duty Free do‘koni xaridlari solingan bitta paket.Ushbu buyumlar asosiy qo‘l yukini o‘lchashda hisobga olinmaydi.Qo‘l yuki belgilangan miqdor, vazn yoki o‘lcham me’yorlaridan oshsa, uni ro‘yxatdan o‘tish peshaxonasida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan bagaj sifatida rasmiylashtirish lozim. Bunday holda tariflarga muvofiq qo‘shimcha to‘lov talab qilinishi mumkin.Qo‘l yuki o‘lchamlari va vazniga rioya qilish — barcha yo‘lovchilarning qulayligi hamda reyslarni o‘z vaqtida amalga oshirishning muhim shartidir.Bagaj va qo‘l yukini tashish me’yorlari haqida batafsil ma’lumotlar elektron marshrut kvitansiyangiz, shuningdek, Centrum Air rasmiy saytida mavjud.

16 Fevral, 2026

Centrum Air ichki reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tish va bortga chiqish qoidalarini yangiladi

Centrum Air ichki reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tish va bortga chiqish qoidalarini yangiladi

Centrum Air aviakompaniyasi ichki reyslar uchun ro‘yxatdan o‘tishni yopish va bortga chiqishni yakunlash vaqtlarini o‘zgartirdi.Ro‘yxatdan o‘tish parvozga 45 daqiqa qolganida yopiladi;Samolyotga chiqish parvozga 25 daqiqa qolganida yakunlanadi.O‘zgarishlar reyslar punktualligini oshirish va jadvalning o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlashga qaratilgan. Yangi qoidalar mahalliy yo‘nalishlarga, jumladan, Urganch (Xiva), Nukus, Buxoro va Termiz shaharlariga amalga oshiriladigan parvozlarga taalluqlidir. Yo‘lovchilarga barcha parvozoldi jarayonlaridan xotirjam o‘tishlari uchun aeroportga vaqtliroq kelish tavsiya etiladi.Centrum Air o‘z yo‘lovchilari uchun parvozlar jadvali barqarorligi, qulaylik va yuqori darajadagi xizmatni ta’minlash maqsadida operatsion jarayonlarni takomillashtirishda davom etadi.

26 Yanvar, 2026

Centrum Air va My Freighter O‘zbekiston hamda Pokiston o‘rtasidagi aviaaloqalarni kengaytirmoqda

Centrum Air va My Freighter O‘zbekiston hamda Pokiston o‘rtasidagi aviaaloqalarni kengaytirmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda Pokistonga amalga oshirgan tashrifi doirasidagi nutqida ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni kengaytirish masalasini alohida ta’kidlab, joriy yil aprel oyidan boshlab Centrum Air Lahor yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi reyslarini yo‘lga qo‘yishini, My Freighter esa Karachiga yuk tashuvlarini ochishini qayd etdi.Yangi yo‘nalishlar ishbilarmonlik, turizm va logistika aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.«Centrum Air va My Freighter loyihalari davlatlararo kun tartibining bir qismiga aylanayotgani hamda mintaqaning transport bog‘liqligini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgani biz uchun katta sharaf. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash jarayonining bir qismi bo‘layotganimizdan chin dildan xursandmiz. Yangi yo‘nalishlarning ochilishi bu shunchaki parvozlar geografiyasini kengaytirish emas, balki biznes, turizm va hududlarimizning qo‘shma rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan barqaror “havo ko‘prigi”ni shakllantirish hamdir», – dedi Centrum Holding asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmanov.

9 Fevral, 2026

Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari