. UZS

2026-yil 13-may kuni Centrum Air aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasi ko‘magida Nyu-Delida tashkil etilgan roudshouda ishtirok etdi. Tadbir Hindiston sayyohlik sohasining yetakchi vakillari — turagentlar, turoperatorlar va DMC-hamkorlarni birlashtirdi.

Aviakompaniya jamoasi Centrum Air’ni mamlakatdagi eng yosh flotga ega bo‘lgan O‘zbekistonning eng yirik xususiy tashuvchisi sifatida tanishtirdi, shuningdek, yo‘nalishlar tarmog‘i va hamkorlar uchun tijoriy imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi. Bugungi kunda aviakompaniya Dehli — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga 3 ta parvozlarni amalga oshirgan holda yo‘lovchilarga Toshkent orqali MDH davlatlari va Yevropaga yetib olish uchun keng imkoniyatlarni taqdim etmoqda.
Tadbir yakunlariga ko‘ra, savdo hamkorlari tomonidan kelgusidagi hamkorlikka juda katta qiziqish bildirildi. Centrum Air aviakompaniya uchun eng muhim strategik yo‘nalishlardan biri bo‘lgan Hindiston bozorida o‘z ishtirokini izchil rivojlantirishni davom ettirmoqda.

Centrum Holding tarkibiga kiruvchi Centrum Air O‘zbekistonning eng yirik xususiy yo‘lovchi tashuvchi aviakompaniyasi hisoblanadi. Aviakompaniya floti 50 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha reyslarni amalga oshiradigan 16 ta zamonaviy tor va keng fyuzelyajli Airbus havo kemalarini o‘z ichiga oladi. Kompaniya O‘zbekistondagi o‘z xablari orqali ishonchli aviaqatnovlarni ta’minlagan holda yo‘nalishlar tarmog‘ini faol kengaytirmoqda.

17-iyun kuni Centrum Air Toshkent — Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha ilk reysni amalga oshirdi. Yangi yo‘nalish aviakompaniya marshrutlar tarmog‘ini rivojlantirishdagi muhim qadam bo‘lib, O‘zbekiston va Rossiyaning janubidagi eng yirik shaharlardan biri o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.Krasnodar aeroportida ilk reys yangi yo‘nalish boshlanishining ramzi sifatida aviatsiyaning eng yaxshi an’analari — tantanali suv arkasi, shuningdek mehmonlar uchun esdalik sovg‘alari va shirinliklar bilan kutib olindi.Reyslar chorshanba kunlari qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.Krasnodar jadal rivojlanayotgan shahar bo‘lib, Forbes tomonidan uch marta Rossiyada biznes yuritish uchun eng yaxshi shahar deb e’tirof etilgan. U ishbilarmonlar va sayyohlar uchun birdek qiziqarli: bu yerda mashhur Galitskiy bog‘i joylashgan, Qora dengiz va Azov dengizi sohillarigacha esa yuz kilometrdan sal ko‘proq masofa bor.Aviachiptalar narxi bir tomonga 1 600 000 so‘mdan boshlanadi.Chiptalarni quyidagi manzillardan xarid qilish mumkin: – rasmiy centrum-air.com sayti– Centrum Air mobil ilovasi (App Store va Google Play)
16 Iyun, 2026

13-iyun kuni Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent – Qoʻstanay yoʻnalishi boʻyicha ilk reysni amalga oshirdi. Yangi yoʻnalish ochilishi munosabati bilan aeroportda tantanali tadbir tashkil etildi: samolyot an’anaviy suv arkasi bilan kutib olindi, birinchi reys yoʻlovchilariga esa aviakompaniya tomonidan esdalik sovgʻalari va shirinliklar taqdim etildi.Qoʻstanay Centrum Air’ning Qozogʻistondagi beshinchi yoʻnalishiga aylandi va bu aviakompaniyaning ikki mamlakat oʻrtasidagi transport hamda turizm aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan strategiyasini yaqqol aks ettiradi.Reyslar har hafta shanba kunlari qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.Chiptalar narxi ikki tomonga 1 883 819 soʻmdan boshlanadi.Chiptalar centrum-air.com saytida
12 Iyun, 2026

Centrum Air yo‘lovchilari endilikda aviachiptalar uchun toʻlovlarni Apple Pay va Google Pay orqali amalga oshirishlari mumkin — har ikki xizmat aviakompaniya rasmiy saytida allaqachon ishga tushirildi.Yangi to‘lov usuli karta ma’lumotlarini qo‘lda kiritishni talab qilmaydi: tranzaksiya qurilmaning ichki xavfsizlik mexanizmlari yordamida bitta tugmacha orqali tasdiqlanadi. Bu esa bron qilish jarayonini, ayniqsa mobil telefon orqali, yanada tez va qulay qiladi.Apple Pay va Google Pay xizmatlarining joriy etilishi Centrum Air’ning yo‘lovchilar uchun raqamli xizmatlarni kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadami bo‘ldi.Bundan tashqari, aviakompaniya saytida endi korporativ kartalar orqali to‘lov qilish imkoniyati ham mavjud. Bu xizmat safari bilan parvoz qiluvchilar va xodimlariga aviachipta xarid qiluvchi kompaniyalar uchun qulay yechim hisoblanadi.Chiptalarni centrum-air.com rasmiy sayti orqali bron qilish mumkin.
11 Iyun, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan