. UZS

Centrum Air aviakompaniyasi Hindistonning Deli shahridagi Yashobhoomi ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tgan 33-Janubiy Osiyo sayohat va turizm ko‘rgazmasi SATTE-2026’da ishtirok etdi.
SATTE ko‘rgazmasi mintaqa turizm sanoatidagi eng yirik tadbirlardan biri bo‘lib, har yili dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan 2000 dan ortiq eksponentlarni birlashtiradi. Ushbu tadbirdagi ishtirok O‘zbekistonning turistik salohiyatini Hindiston bozorida targ‘ib qilish hamda turizm va aviatsiya sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks ishlarning bir qismiga aylandi.
O‘zbekiston milliy paviloni doirasida Centrum Air vakillari Hindiston va Janubiy Osiyo mamlakatlarining turoperatorlari, turistik kompaniyalari va soha hamkorlari bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar davomida aviaaloqalarni kengaytirish istiqbollari, turistik marshrutlarni rivojlantirish va kelgusidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xususan, 29-martdan boshlab aviakompaniya Toshkent – Deli yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar chastotasini haftasiga uchta reysga oshiradi. Parvozlar seshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi va bu O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida yanada qulay aviaaloqani ta’minlash imkonini beradi.
SATTE-2026’dagi ishtirok Centrum Air aviakompaniyasining Hindiston yo‘nalishiga bo‘lgan strategik qiziqishini hamda Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi sayyohlar oqimini oshirishga ko‘maklashish intilishini tasdiqlaydi.

Centrum Holidays Centrum Air aviakompaniyasining Toshkent – Antaliya – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslari asosidagi Antaliya turistik dasturi kengaytirilganini e’lon qiladi.2026-yil 15-maydan boshlanadigan parvozlar dasturining birinchi bosqichida reyslar haftasiga 2 marta, seshanba va juma kunlari keng fyuzelyajli qulay Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.29-maydan boshlab esa dastur har kunlik reyslargacha kengaytiriladi.Barcha turlar Centrum Holidays’dan parvoz va yashashni o‘z ichiga olgan tayyor turpaketlar formatida taqdim etiladi.Sayohatchilar kompaniyaning onlayn platformasi orqali mos mehmonxona va dam olish formatini tanlashlari mumkin.Turpaketning minimal narxi bir kishi uchun 11,4 mln so‘mdan boshlanadi.Dastur doirasida quyidagi jozibador parvoz shartlari ko‘zda tutilgan:• Bagaj me’yori 60 kg gacha (weight concept): yo‘lovchilar bagajining umumiy vazni belgilangan me’yordan oshmasa, cheklanmagan miqdordagi bagaj o‘rinlarini tashishlari mumkin;• qo‘l juki 8 kg gacha;• 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun parvoz bepul taqdim etiladi (alohida joy ajratilmagan holda);• 2 yoshdan 11 yoshgacha (shu jumladan) bo‘lgan bolalar uchun – asosiy tarifdan 1 200 000 so‘m chegirma.Takliflar, mehmonxonalar va parvoz sanalari haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar Centrum Holidays platformasida mavjud.Ma’lumot uchun kontaktlar:Telefonlar: +998772820880, +998772810880, +998702000880Sayt Instagram Telegram
22 Aprel, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi Toshkentdagi @milie_koshki.uz mushuklar boshpanasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Ezgulik shopperi» xayriya tashabbusi ishga tushirilganini e’lon qiladi.Loyiha doirasida maxsus shopperlar tayyorlangan bo‘lib, ular ko‘rsatilgan yordam uchun minnatdorchilik belgisi sifatida ishtirokchilarga taqdim etiladi.Xayr-ehson sifatida o‘tkazilgan barcha mablag‘lar to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshpanaga yo‘naltiriladi va hayvonlarni parvarish qilish, davolash hamda boqish uchun sarflanadi.Tashabbusda xohlagan kishi ishtirok etishi mumkin. Buning uchun quyidagilar talab etiladi:• «Yordam bermoqchiman» matni bilan izoh qoldirish;• tashkilotchilardan yo‘riqnomani qabul qilib olish;• QR-kod orqali istalgan summani to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshpanaga o‘tkazish;• o‘tkazma amalga oshirilganini tasdiqlash.Shundan so‘ng ishtirokchi Centrum Air’dan shopperni qabul qilib oladi.Arizalar ko‘rib chiqilgach, shopperlarni Toshkentdagi quyidagi nuqtalardan olish mumkin:• Pet Zoo hayvonot do‘konlari tarmog‘i (har kuni soat 10:00 dan 20:00 gacha);• Kotokafe (Oqqo‘rg‘on ko‘chasi, 10; soat 10:00 dan 22:00 gacha);• Centrum Air ofisi (Oybek ko‘chasi, 38; ish kunlari soat 10:00 dan 19:00 gacha).Eslatib o‘tamiz, shopperlar boshpana hududida berilmaydi.Alohida ta’kidlash joizki, Centrum Air mablag‘ yig‘ish jarayonida ishtirok etmaydi — barcha xayriya mablag‘lari to‘g‘ridan-to‘g‘ri @milie_koshki.uz boshpanasiga yuboriladi, bu esa shaffoflik va yordamning manzilliligini ta’minlaydi.«Ezgulik shopperi» tashabbusi — bu qiyin vaziyatga tushib qolgan hayvonlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, uy hayvonlariga nisbatan mas’uliyatli munosabatda bo‘lish masalalariga e’tiborni qaratishning oddiy va oson usulidir.Centrum Air barcha befarq bo‘lmaganlarni loyihaga qo‘shilishga va birgalikda ezgu ishga hissa qo‘shishga taklif etadi.
21 Aprel, 2026

Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalish – Toshkent–Lahor to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini yo‘lga qo‘yganini e’lon qiladi, ilk parvoz 2026-yil 21-aprel kuni amalga oshirildi.Birinchi reys aeroportda aviakompaniya va hamkorlar vakillari ishtirokida tantanali ochilish marosimi bilan nishonlandi. Jumladan, yangi yo‘nalish ochilishi munosabati bilan yo‘lovchilar bayramona kutib olindi, ramziy tarzda tort kesildi va mazkur reyslarning ahamiyati alohida e'tirof etildi.Tadbirda O‘zbekistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi janob Alisher To‘xtayev, O‘zbekistonning Pokistondagi turizm elchisi, O‘zbekistonning Panjobdagi Faxriy konsuli, Centrum Air vakillari, shuningdek, Lahor aeroporti rahbariyati, immigratsiya va xavfsizlik xizmatlarining ishtirok etgani bu boradagi hamkorlik yuqori darajada ekanini yana bir bor tasdiqladi.Yangi yo‘nalish ham turistik, ham ta’lim va ishbilarmonlik maqsadlaridagi yo‘lovchilar, jumladan, tibbiyot oliygohlari talabalari va mustaqil sayyohlar uchun mo‘ljallangan.Haftasiga 2 marta – seshanba va juma kunlari zamonaviy Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriluvchi parvozlar O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida qulay va ishonchli aviaga aloqani ta’minlaydi.Bundan tashqari, yo‘lovchilar Toshkent orqali boshqa xalqaro yo‘nalishlar – Frankfurt, Guanchjou, Moskva, Sankt-Peterburg hamda Janubi-Sharqiy Osiyoning bir qator shaharlariga qulay almashinuv reyslaridan foydalanishlari ham mumkin. Shu tariqa Toshkent mintaqaviy tranzit xabi sifatidagi rolini ham mustahkamlab bormoqda.Pokiston bozoridagi faoliyatini kengaytirish doirasida Centrum Air mamlakatning yetakchi aviatsiya hamkorlaridan biri – Gerry’s Group bosh agenti bilan hamkorlikda rasmiy vakolatxonasini ochdi.Lahor – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar narxi ning 1 450 000 so‘mdan boshlanishi yo‘nalishni ham sayyohlik, ham ishbilarmonlik safarlari uchun jozibador qiladi.Aviachiptalarni rasmiy centrum-air.com saytida band qiling.
20 Aprel, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan