. UZS

Centrum Air Verteil negizida aviayuklar va tashuvlar riteylingi hamda distributsiyasi uchun yangi avlod platformasini ishga tushirmoqda

Centrum Air Verteil negizida aviayuklar va tashuvlar riteylingi hamda distributsiyasi uchun yangi avlod platformasini ishga tushirmoqda

23 Mart, 2026

Toshkent, O‘zbekiston / Kochi, Hindiston – 2026-yil 24-mart – O‘zbekistonning eng yirik xususiy aviatashuvchisi va Centrum Holding tarkibiga kiruvchi Centrum Air aviakompaniyasi Verteil Technologies texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan yangi avlod riteyling va distributsiya platformasi ishga tushirilganini e’lon qildi. Buning uchun buyurtmalarni boshqarish tizimi (Order Management System, OMS) asosida ishlaydigan hamda platformaning asosiy funksional imkoniyatlarini o‘zida mujassamlashtirgan brendlangan NDC API Gateway va NDC Agency Portal Centrum Air ishga tushirildi. Ushbu arxitektura aviakompaniyaga tegishli bo‘lgan riteyling, distributsiya va hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish uchun zamonaviy texnologik asosni shakllantiradi.

IATA tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy Offer & Order riteyling tamoyillariga asoslangan ushbu platforma Centrum Air’ga NDC doirasidagi rivojlanishni jadallashtirish hamda barcha kanallar orqali o‘z mahsulotlarini yaratish, distributsiya qilish va ularga xizmat ko‘rsatish ustidan yuqori darajadagi nazoratni ta’minlash imkonini beradi. Platformaning ishga tushirilishi aviakompaniyaning yanada moslashuvchan va zamonaviy riteyling modeliga o‘tishidagi muhim bosqich hisoblanadi.

Platforma tavsifi

Ushbu yechim joriy etilishi bilan Centrum Air buyurtmalarni boshqarish, NDC-ulanish va agentliklarga xizmat ko‘rsatishni yagona brendlashtirilgan muhitda birlashtiruvchi yaxlit texnologik ekotizimga ega bo‘ladi. Verteil kompaniyasi loyihaning texnologik hamkori va ijrochisi sifatida ishtirok etib, nafaqat yetakchi NDC-agregatorlaridan biri, balki aviakompaniyalar uchun zamonaviy aviatsiya riteylingiga o‘tishni qo‘llab-quvvatlovchi IT-provayder sifatidagi mavqeini ham mustahkamladi.

Hamkorlarni to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda ulash platformaning asosiy imkoniyatlaridan biri bo‘lib, bu Centrum Air’ga ham IATA, ham no-IATA agentliklarini tez va xavfsiz tarzda ulashga sharoit yaratadi. Natijada distributsiya kanallarini kengaytirishdagi an’anaviy qiyinchiliklar barham topadi, ortiqcha vaqt yo‘qotilishining oldi olinadi, shuningdek, aviakompaniyaga tijoriy nazoratni saqlab qolgan holda rivojlangan va o‘sib borayotgan bozorlarda hamkorlik tarmog‘ini kengaytirish uchun masshtablanuvchi vosita taqdim etadi.

To‘lovlar va distributsiya

Yangi platforma turli hisob-kitob modellari, jumladan, BSP, bank kartalari orqali to‘lovlar va transchegaraviy hamda agentlik operatsiyalari uchun dolzarb bo‘lgan muqobil to‘lov usullarini qo‘llab-quvvatlagan holda yanada moslashuvchan to‘lov infratuzilmasini taqdim etadi. Bu distributsiyani yanada kengaytirish va turli bozorlarda tranzaksiyalarni boshqarish moslashuvchanligini oshirish uchun mustahkam poydevor yaratadi.

O‘zining riteyling va distributsiya platformasini rivojlantirish bilan bir qatorda, Centrum Air kontenti Verteil agregatori orqali ham taqdim etiladi, bu esa ulangan agentliklar va hamkorlarning global tarmog‘i hisobiga aviakompaniya qamrovini kengaytiradi. Umuman olganda, bu Centrum Air’ga aviakompaniyaning o‘zi tomonidan boshqariladigan zamonaviy texnologik infratuzilmaga tayangan holda distributsiyani yanada tezroq va samaraliroq kengaytirish imkonini beradi.

Tomonlarning izohlari

Centrum Holding asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abduraxmanov shunday dedi:

«Ushbu platformaning ishga tushirilishi Centrum Air rivojlanishida hamda global turizm bozori bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishimizda muhim bosqichdir. Parvozlar geografiyasining kengayishi, reyslar chastotasining ortishi va mintaqadagi mavqeyimizning mustahkamlanishi tezkorlik, moslashuvchanlik va nazoratni ta’minlovchi zamonaviy riteyling va distributsiya tizimini talab etadi. Bu bizga nafaqat NDC doirasidagi rivojlanishni jadallashtirish, balki hamkorlar bilan o‘zaro aloqalarni va ularning turli bozorlarda ulanishini soddalashtirish imkonini ham beradi. Verteil yechimi biz uchun zarur texnologik asosni yaratib, zamonaviy tijorat infratuzilmasidan foydalangan holda biznesni kengaytirish borasidagi maqsadlarimizni qo‘llab-quvvatlaydi».

Verteil Technologies asoschisi va bosh direktori Jerrin Jos shunday qo‘shimcha qildi:

«Centrum Air bilan hamkorligimiz zamonaviy aviatsiya riteylingi ekotizimini yaratish borasidagi umumiy qarashlarimizni aks ettiradi. Ushbu platformaning ishga tushirilishi bugungi kunda aviakompaniyalar oddiy integratsiya doirasidan chiqib, o‘zlarining riteyling infratuzilmasiga sarmoya kiritayotganini ko‘rsatmoqda. Mazkur yechim brendlashtirilgan NDC-ulanish, buyurtmalarni boshqarish, agentliklar bilan ishlash va zamonaviy to‘lov mexanizmlarini o‘sishga yo‘naltirilgan yagona platformada birlashtiradi. Verteil uchun esa bu yetakchi NDC agregatoridan aviakompaniyalarning strategik IT hamkoriga aylanganimizni anglatadi. Biz ularga distributsiyani modernizatsiya qilish, NDC joriy etilishini jadallashtirish va soha rivojida navbatdagi bosqich uchun texnologik asos yaratishda yordam bermoqdamiz».

Centrum Air kompaniyasi haqida

Centrum Holding tarkibiga kiruvchi Centrum Air O‘zbekistonning eng yirik xususiy aviakompaniyasi hisoblanadi. Aviakompaniya floti tor va keng fyuzelyajli 14 ta zamonaviy Airbus havo kemasidan iborat bo‘lib, ular 50 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni amalga oshirmoqda. Kompaniya O‘zbekistondagi xablari orqali ishonchli aviaaloqani ta’minlab, yo‘nalishlar tarmog‘ini faol rivojlantirmoqda.

Verteil Technologies kompaniyasi haqida

2016-yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Kochi (Hindiston) shahrida joylashgan Verteil Technologies Dubay, Yaponiya, Nigeriya va Keniyada o‘z vakolatxonalariga ega. Kompaniya IATA NDC standarti asosida aviakompaniyalar va sayyohlik agentliklari uchun yechimlarga ixtisoslashgan sayohat texnologiyalari provayderi hisoblanadi. Verteil texnologiyalari aviakompaniyalarga zamonaviy riteyling infratuzilmasini, jumladan, API-integratsiyalar, agentlik portallari, buyurtmalarni boshqarish tizimlari va IATA distributsiya standartlariga mos keladigan to‘lov yechimlarini joriy etish imkonini beradi.

Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Air Toshkent – Perm yo‘nalishidagi ilk reysni muvaffaqiyatli amalga oshirdi

Centrum Air Toshkent – Perm yo‘nalishidagi ilk reysni muvaffaqiyatli amalga oshirdi

Aviakompaniya Uralning yirik sanoat markaziga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygan holda parvozlar geografiyasini yanada kengaytirdiCentrum Air aviakompaniyasi Toshkentdan Permga ilk tijorat reysini muvaffaqiyatli amalga oshirib, yo‘lovchilar uchun yangi yo‘nalishni ochdi.Kama daryosi bo‘yida joylashgan Perm Rossiyaning muhim sanoat va madaniyat markazlaridan biridir. Shahar xizmat safari bilan keluvchilar uchun ham, Uralning tarixi va diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishishni istagan sayyohlar uchun ham qiziqarli manzil hisoblanadi.Toshkent – Perm yo‘nalishidagi reyslar dushanba kunlari amalga oshiriladi. Qulay parvoz jadvali ham ishbilarmonlik, ham sayyohlik maqsadidagi safarlar uchun mos keladi. Aviachiptalarning minimal narxi 2,1 mln so‘mdan boshlanadi.Centrum Air mobil ilovasi orqali bron qilinganda tarifga 5% chegirma taqdim etiladi. Ilovani iOS uchun App Store va Android uchun Google Play platformalaridan yuklab olish mumkin.Toshkent – Perm yo‘nalishining ochilishi Centrum Air’ning parvozlar geografiyasini kengaytirish va yangi hududlarga hamyonbop aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish strategiyasining davomi hisoblanadi. Aviakompaniya yo‘lovchilarga o‘z ehtiyojlari va budjetiga mos xizmatlar to‘plamini shakllantirish imkonini yaratib, aviaqatnovlarni barcha uchun qulay qilish missiyasiga sodiq qolmoqda.Ilk reysning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Centrum Air jamoasining yuqori operatsion tayyorgarligi va mahoratini tasdiqlaydi.

8 Sentabr, 2026

Centrum Air mobil ilovada aviachiptalar xaridiga 15% chegirma taqdim etadi

Centrum Air mobil ilovada aviachiptalar xaridiga 15% chegirma taqdim etadi

Maxsus aksiya sentyabr oyi oxirigacha parvoz qilishni rejalashtirayotgan sayohatchilar uchun amal qiladiCentrum Air aviakompaniyasi maxsus aksiya e’lon qiladi: Centrum Air mobil ilovasi (App Store va Google Play’da mavjud) orqali aviachiptalar xarid qilinganda 15% chegirma taqdim etiladi.Aksiya shartlari:Xarid muddati: 2026-yil 11–12-sentyabrParvozlar davri: 2026-yil 30-sentyabrga qadarMinimal narx: 233 810 so‘mdanAksiya xizmat safari yoki ta’tilga — dengizga, tog‘larga, oila bilan yoki yakka holda sayohat qilish imkonini beradi. Yo‘lovchilar Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘idagi barcha mavjud yo‘nalishlardan birini tanlab, aviachiptalarni sezilarli tejamkorlik bilan bron qilishlari mumkin.Centrum Air mobil ilovasini yuklab oling va aviachiptalarni maksimal foyda bilan bron qiling!Aksiya qoidalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

8 Sentabr, 2026

Centrum Air yangi yo‘nalish ochmoqda: Hindistonning Haydarobod shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar

Centrum Air yangi yo‘nalish ochmoqda: Hindistonning Haydarobod shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar

Aviakompaniya Toshkent va Janubiy Hindistonning texnologik megapolisini muntazam aviaqatnovlar bilan bog‘laydiCentrum Air aviakompaniyasi 2026-yil 28-sentyabrdan boshlab Toshkent – Haydarobod yangi xalqaro yo‘nalishi ochilishini e’lon qiladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar zamonaviy Airbus A320neo havo kemalarida haftasiga ikki marta amalga oshiriladi. Haydarobod Dehlidan keyin aviakompaniyaning Hindistondagi ikkinchi yo‘nalishiga aylanadi.Yangi yo‘nalish O‘zbekiston poytaxtini Hindistonning jadal rivojlanayotgan shaharlaridan biri bilan bog‘laydi. Aviachiptaning minimal narxi bir o‘rin uchun 2 mln so‘mdan boshlanadi. Centrum Air mobil ilovasi orqali bron qilishda esa tarifga 5% maxsus chegirma taqdim etiladi (App store va Google Play).Haydarobod zamonaviyligi va innovatsiyalari bilan mashhur — shaharda yirik xalqaro texnologik korporatsiyalarning ko‘plab ofislari joylashgani sababli u ko‘pincha mahalliy «Kremniy vodiysi» deb ham ataladi. Shu bilan birga, megapolis boy tarixiy merosi va o‘ziga xosligini saqlab qolgan.Sayyohlar va ishbilarmonlik maqsadida safar qiluvchilar bu yerda ko‘plab diqqatga sazovor joylarni koʻrishlari mumkin: mahobatli Golkonda qal’asi, noyob eksponatlarga ega Salar Jung muzeyi, shuningdek, Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra dunyodagi eng yirik kinostudiya — Ramoji Film City.Airbus A320neo samolyotlari zamonaviy qulayliklar bilan yoqimli parvozni ta’minlaydi. Centrum Air aviakompaniyasi har bir yo‘lovchiga o‘z ehtiyojlari va byudjetiga mos keladigan eng maqbul chipta variantini tanlash imkonini beruvchi moslashuvchan xizmatlar tizimini taklif etadi.

7 Sentabr, 2026

Centrum Air ilovasida
tarif narxidan 5% chegirma

App StoreGoogle Play Store
App screenshot
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan