. UZS

Centrum Air «Ov» maxsus aksiyasini uzaytirmoqda: 2–4-sentyabr kunlari mobil ilovada 350 ta chipta 12000 so‘mdan

Centrum Air «Ov» maxsus aksiyasini uzaytirmoqda: 2–4-sentyabr kunlari mobil ilovada 350 ta chipta 12000 so‘mdan

1 Sentabr, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan aksiyani davom ettirmoqda. Toshkent vaqti bilan 2-sentyabr soat 09:00 dan 4-sentyabr soat 21:00 gacha mobil ilovada 350 ta aviachipta 12 000 so‘mlik maxsus narxda taqdim etiladi.

Qanday qatnashish mumkin:

  1. Centrum Air mobil ilovasini oching (App Store yoki Google Play).

  2. Yo‘nalish va sayohat sanasini tanlang.

  3. 12 000 so‘mlik aviachiptani topib, xarid qiling — urinishlar soni cheklanmagan.

Muhim shartlar:

  • Aksiyada muntazam reyslar uchun Base tarifi bo‘yicha faqat bir tomonga aviachiptalar qatnashadi. Qaytish chiptasi alohida xarid qilinadi.

  • Aksiyali aviachiptalar muntazam reyslar uchun taqdim etiladi.

  • Centrum Air xodimlari va ularning oila a’zolari aksiyada qatnasha olmaydi.

  • Yuqori yuklama sababli dastlabki daqiqalarda ilova faoliyatida qisqa muddatli nosozliklar kuzatilishi mumkin. Bunday holatda ilovani yangilab, qayta urinib ko‘ring.

5-sentyabr kuni kompaniya «ov» o‘tkazilgan yo‘nalishlar ro‘yxatini e’lon qiladi.

Aksiyaning to‘liq qoidalari va shartlari centrum-air.com saytida.




Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Air Toshkent – Perm yo‘nalishidagi ilk reysni muvaffaqiyatli amalga oshirdi

Centrum Air Toshkent – Perm yo‘nalishidagi ilk reysni muvaffaqiyatli amalga oshirdi

Aviakompaniya Uralning yirik sanoat markaziga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ygan holda parvozlar geografiyasini yanada kengaytirdiCentrum Air aviakompaniyasi Toshkentdan Permga ilk tijorat reysini muvaffaqiyatli amalga oshirib, yo‘lovchilar uchun yangi yo‘nalishni ochdi.Kama daryosi bo‘yida joylashgan Perm Rossiyaning muhim sanoat va madaniyat markazlaridan biridir. Shahar xizmat safari bilan keluvchilar uchun ham, Uralning tarixi va diqqatga sazovor maskanlari bilan tanishishni istagan sayyohlar uchun ham qiziqarli manzil hisoblanadi.Toshkent – Perm yo‘nalishidagi reyslar dushanba kunlari amalga oshiriladi. Qulay parvoz jadvali ham ishbilarmonlik, ham sayyohlik maqsadidagi safarlar uchun mos keladi. Aviachiptalarning minimal narxi 2,1 mln so‘mdan boshlanadi.Centrum Air mobil ilovasi orqali bron qilinganda tarifga 5% chegirma taqdim etiladi. Ilovani iOS uchun App Store va Android uchun Google Play platformalaridan yuklab olish mumkin.Toshkent – Perm yo‘nalishining ochilishi Centrum Air’ning parvozlar geografiyasini kengaytirish va yangi hududlarga hamyonbop aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish strategiyasining davomi hisoblanadi. Aviakompaniya yo‘lovchilarga o‘z ehtiyojlari va budjetiga mos xizmatlar to‘plamini shakllantirish imkonini yaratib, aviaqatnovlarni barcha uchun qulay qilish missiyasiga sodiq qolmoqda.Ilk reysning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi Centrum Air jamoasining yuqori operatsion tayyorgarligi va mahoratini tasdiqlaydi.

8 Sentabr, 2026

Centrum Air mobil ilovada aviachiptalar xaridiga 15% chegirma taqdim etadi

Centrum Air mobil ilovada aviachiptalar xaridiga 15% chegirma taqdim etadi

Maxsus aksiya sentyabr oyi oxirigacha parvoz qilishni rejalashtirayotgan sayohatchilar uchun amal qiladiCentrum Air aviakompaniyasi maxsus aksiya e’lon qiladi: Centrum Air mobil ilovasi (App Store va Google Play’da mavjud) orqali aviachiptalar xarid qilinganda 15% chegirma taqdim etiladi.Aksiya shartlari:Xarid muddati: 2026-yil 11–12-sentyabrParvozlar davri: 2026-yil 30-sentyabrga qadarMinimal narx: 233 810 so‘mdanAksiya xizmat safari yoki ta’tilga — dengizga, tog‘larga, oila bilan yoki yakka holda sayohat qilish imkonini beradi. Yo‘lovchilar Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘idagi barcha mavjud yo‘nalishlardan birini tanlab, aviachiptalarni sezilarli tejamkorlik bilan bron qilishlari mumkin.Centrum Air mobil ilovasini yuklab oling va aviachiptalarni maksimal foyda bilan bron qiling!Aksiya qoidalari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

8 Sentabr, 2026

Centrum Air yangi yo‘nalish ochmoqda: Hindistonning Haydarobod shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar

Centrum Air yangi yo‘nalish ochmoqda: Hindistonning Haydarobod shahriga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar

Aviakompaniya Toshkent va Janubiy Hindistonning texnologik megapolisini muntazam aviaqatnovlar bilan bog‘laydiCentrum Air aviakompaniyasi 2026-yil 28-sentyabrdan boshlab Toshkent – Haydarobod yangi xalqaro yo‘nalishi ochilishini e’lon qiladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar zamonaviy Airbus A320neo havo kemalarida haftasiga ikki marta amalga oshiriladi. Haydarobod Dehlidan keyin aviakompaniyaning Hindistondagi ikkinchi yo‘nalishiga aylanadi.Yangi yo‘nalish O‘zbekiston poytaxtini Hindistonning jadal rivojlanayotgan shaharlaridan biri bilan bog‘laydi. Aviachiptaning minimal narxi bir o‘rin uchun 2 mln so‘mdan boshlanadi. Centrum Air mobil ilovasi orqali bron qilishda esa tarifga 5% maxsus chegirma taqdim etiladi (App store va Google Play).Haydarobod zamonaviyligi va innovatsiyalari bilan mashhur — shaharda yirik xalqaro texnologik korporatsiyalarning ko‘plab ofislari joylashgani sababli u ko‘pincha mahalliy «Kremniy vodiysi» deb ham ataladi. Shu bilan birga, megapolis boy tarixiy merosi va o‘ziga xosligini saqlab qolgan.Sayyohlar va ishbilarmonlik maqsadida safar qiluvchilar bu yerda ko‘plab diqqatga sazovor joylarni koʻrishlari mumkin: mahobatli Golkonda qal’asi, noyob eksponatlarga ega Salar Jung muzeyi, shuningdek, Ginnesning rekordlar kitobiga ko‘ra dunyodagi eng yirik kinostudiya — Ramoji Film City.Airbus A320neo samolyotlari zamonaviy qulayliklar bilan yoqimli parvozni ta’minlaydi. Centrum Air aviakompaniyasi har bir yo‘lovchiga o‘z ehtiyojlari va byudjetiga mos keladigan eng maqbul chipta variantini tanlash imkonini beruvchi moslashuvchan xizmatlar tizimini taklif etadi.

7 Sentabr, 2026

Centrum Air ilovasida
tarif narxidan 5% chegirma

App StoreGoogle Play Store
App screenshot
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan