. UZS

Ramazon munosabati bilan bolalar aviachiptalariga 50% chegirma

Ramazon munosabati bilan bolalar aviachiptalariga 50% chegirma

25 Fevral, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi muborak Ramazon oyi munosabati bilan bayramona oilaviy aksiyani e’lon qiladi. 18-martga qadar yo‘lovchilar yo‘nalishlar tarmog‘idagi ommabop xalqaro qatnovlar uchun 12 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga aviachiptalarni 50% chegirma bilan xarid qilishlari mumkin.

Maxsus taklif quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha reyslarga amal qiladi:
Toshkent – Dubay (sayohat davrlari: 24-fevral – 18-mart va 15-aprel – 15-avgust),
Toshkent – Phuket (1-may – 18-iyul),
Toshkent – Bangkok (1-may – 18-iyul).

Aksiya oilaviy sayohatlar va bolalar bilan dam olishga yo‘naltirilgan. Yo‘lovchilar o‘zining mashhur ko‘ngilochar bog‘lari bilan tanilgan Dubayga, Phuketning sohilbo‘yi kurortlariga yoki Dream World va Safari World kabi mavzuli parklar joylashgan dinamik Bangkokka sayohatlarini rejalashtirishlari mumkin.

Chegirma aviakompaniyaning rasmiy centrum-air.com saytida 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun chiptalarni xarid qilishda avtomat tarzda qo‘llanadi.

Centrum Air oilaviy sayohatlar uchun hamyonbop takliflarni ishlab chiqishda va Toshkentdan xalqaro parvozlar imkoniyatini kengaytirishda davom etadi.




Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Air Frankfurtga ilk parvozni amalga oshirdi

Centrum Air Frankfurtga ilk parvozni amalga oshirdi

Centrum Air aviakompaniyasi 30-mart kuni Toshkent – Frankfurt yo‘nalishi bo‘yicha ilk muntazam parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirib, rasman o‘zining birinchi Yevropa yo‘nalishini ochdi. Reysning yo‘lga qo‘yilishi aviakompaniyaning xalqaro yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirish va Yevropa bozoriga chiqishida muhim bosqich bo‘ldi.Birinchi reys munosabati bilan aeroportda yo‘lovchilarni tantanali kutib olish marosimi tashkil etildi: mehmonlar bayramona bezaklar, tort va shirinliklar bilan qarshi olindi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir yangi yo‘nalishning ahamiyatini ta’kidladi. Inauguratsiya marosimida O‘zbekiston Respublikasining Frankfurt-Mayndagi Bosh konsuli Miranshoh Raupov, Fraport vakili – aviakompaniyalar bilan ishlash bo‘limi rahbari Kristina Morat, Swissport vakili Hikmet Karakelle, Sky Line Air Services – GSA Centrum Air vakili Mohamed Bayoumi, shuningdek, Centrum Air mintaqaviy vakolatxonalari va xorijiy idoralari koordinatori O‘tkur Alimov ishtirok etdi.Toshkent va Frankfurt o‘rtasidagi parvozlar haftasiga ikki marta zamonaviy Airbus A321neo havo kemalarida amalga oshiriladi. Yangi yo‘nalish O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi transport aloqalarini mustahkamlab, ishbilarmonlik va turistik safarlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

3 Aprel, 2026

Samolardagi bir yil: Centrum Air Sheremetyevoga parvozlarning  bir yilligini nishonlamoqda

Samolardagi bir yil: Centrum Air Sheremetyevoga parvozlarning bir yilligini nishonlamoqda

31-mart kuni Centrum Air aviakompaniyasi yo‘nalishlar tarmog‘ining asosiy nuqtalaridan biri bo‘lgan Toshkent – Moskva (Sheremetyevo) yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar amalga oshirilishining bir yilligini nishonlamoqda.Parvozlar yo‘lga qo‘yilgan vaqtdan boshlab ushbu reys shunchaki muntazam aviayo‘nalish emas, balki O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi shaharlar, oilalar va ishbilarmonlik aloqalarini bog‘lovchi mustahkam havo ko‘priziga ham aylandi.Faoliyatning birinchi yili davomida aviakompaniya Sheremetyevoga 296 ta reys va 296 ta ortga qaytish parvozini amalga oshirib, parvozlar barqarorligi va muntazamligini ta’minladi. Yo‘nalish bo‘yicha umumiy yo‘lovchi oqimi har ikki tomonga 106 780 kishini tashkil etdi, osmondagi umumiy vaqt esa 2 678 soatga yetdi. Mazkur yo‘nalish yil davomida yuqori talabni saqlab qolib, ikki davlat o‘rtasidagi shaxsiy va xizmat safarlari uchun muhimligini tasdiqladi.Yil davomida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish darajasini yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi. Yo‘nalishda Sheremetyevo aeroportida onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy etildi, qo‘shimcha bagaj sotib olish imkoniyatlari kengaytirildi, uy hayvonlarini tashish imkoniyati yaratildi, shuningdek, ustuvor ro‘yxatdan o‘tish (priority check-in) xizmati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur shart-sharoitlar Sheremetyevo aeroporti xizmatlari bilan samarali hamkorlik natijasida yaratildi va aviakompaniya bu qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorchilik bildiradi.Bundan tashqari, bortdagi servis ham kengaytirildi. Yo‘lovchilar uchun chipta sotib olish jarayonida maxsus taomlarni tanlash (9 xil turdagi) imkoniyati yaratildi, shuningdek, parvoz vaqtida film ko‘rish, yangiliklar va jurnallar o‘qish, gazak va ichimliklar xarid qilish imkonini beruvchi tizim joriy etildi.Birinchi yil yakunlariga ko‘ra, mazkur yo‘nalish barqaror yo‘lovchi oqimini namoyon etib, Centrum Air xalqaro tarmog‘ining muhim qismiga aylandi.Aviakompaniya xizmat ko‘rsatish sifati, reyslar muntazamligi va yo‘lovchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirishga ustuvor ahamiyat bergan holda yo‘nalishni yanada rivojlantirishda davom etmoqda.

31 Mart, 2026

Centrum Air IATA ARM Index sertifikatini qo‘lga kiritdi va NDC orqali ilk savdoni amalga oshirdi

Centrum Air IATA ARM Index sertifikatini qo‘lga kiritdi va NDC orqali ilk savdoni amalga oshirdi

O‘zbekistonning eng yirik xususiy aviatashuvchisi va xalqaro transport-logistika xoldingi — Centrum Holding tarkibiga kiruvchi Centrum Air aviakompaniyasi Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasining (IATA) Airline Retailing Maturity (ARM) Index sertifikatini olgani hamda NDC (New Distribution Capability) tizimi orqali ilk aviachipta sotuvini amalga oshirganini e’lon qiladi.Ushbu qadamlar Centrum Air kompaniyasining zamonaviy aviatsiya riteylingi va raqamli distributsiya modelini rivojlantirish borasidagi izchil sa’y-harakatlarining tasdig‘idir.ARM Index sertifikatining olinishi Centrum Air’ning sotuvlarni boshqarish, distributsiya va hamkorlar bilan ishlash sohasida xalqaro standartlarga muvofiqligidan dalolat beradi. Shuningdek, bu aviakompaniyaning agentliklar va yo‘lovchilar bilan o‘zaro hamkorlik qilishda yanada moslashuvchan hamda texnologik modelga o‘tayotganini anglatadi.Shu bilan bir qatorda, kompaniya o‘zining NDC infratuzilmasi orqali ilk tranzaksiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Bu yangi takliflar va buyurtmalarni boshqarish (Offer & Order) tizimining amaliy jihatdan ishga tushganini tasdiqladi.Ushbu bosqich hamkorlar va yo‘lovchilar uchun yangi imkoniyatlarni, jumladan, yanada moslashuvchan savdo shartlari, distributsiya kanallarining kengayishi va personallashgan takliflar rivojlanishini ta’minlaydi.Kompaniya uchun muhim bo‘lgan ushbu loyihalar ichki jamoa va texnologik hamkorlarning samarali mehnati sharofati bilan amalga oshirildi.Centrum Air o‘zining raqamli ekotizimini rivojlantirishda davom etadi hamda NDC va IATA xalqaro standartlari doirasida funksional imkoniyatlarini yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.

31 Mart, 2026

Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari