Logo

Blog
Ijtimoiy mas’uliyat

Yordam beramiz!

Biz ijtimoiy, xayriya va sport tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz: yordamga muhtojlarga ko‘maklashamiz, inklyuziv loyihalarni rivojlantiramiz va yangi imkoniyatlar yaratamiz.

Batafsil
Man petting dogEmployees holding dogs

Qadriyatlarimiz

Insonlarga g‘amxo‘rlik

E’tibor, qo‘llab-quvvatlash va daxldorlik insonlar hayotini yaxshi tomonga o‘zgartirishiga ishonamiz.

Mas’uliyat — amalda

Biz uchun ijtimoiy mas’uliyat shunchaki so‘z emas, balki amaliy harakatdir.

Imkoniyatlarni birlashtirish

Yordam haqiqatan zarur bo‘lgan joyda insonlar va tashabbuslarni birlashtiramiz.

O‘zgarishlarga hissa

Hatto kichik hissa ham katta va muhim o‘zgarishlarning bir qismiga aylanishi mumkinligiga ishonamiz.

Bizning ko‘magimiz

Hayotni yaxshilashga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Hayvonlar boshpanalariga yordam

Hayvonlar boshpanalariga ozuqa, dori-darmon va boshqa zarur vositalarni yetkazib berish orqali ko‘maklashamiz. Qarovsiz hayvonlarga yordam berishga qaratilgan xayriya tashabbuslarida muntazam ishtirok etamiz.

Futbolni rivojlantirish

«Andijon» futbol klubining rasmiy homiysi sifatida professional sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirishni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Hayvonlar boshpanalariga yordam

«Yoqimtoy mushuklar» boshpanasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida xayriya mablag‘larini yig‘ish va qarovsiz hayvonlar muammosiga jamoatchilik e’tiborini jalb etishni birlashtirgan holda «Ezgulik shopperi» xayriya tashabbusini amalga oshirdik.

Xayriya loyihalarini axboriy qo‘llab-quvvatlash

Ijtimoiy tashabbuslar haqida keng auditoriyaga ma’lumot berib, ularga ko‘mak topishga yordamlashamiz. Xayriya yig‘imlari va loyihalarini yoritish orqali muhim ijtimoiy masalalarga jamoatchilik e’tiborini qaratishga ko‘maklashamiz.

Madaniyat va iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash

Yosh iste’dodlarning O‘zbekistonni xalqaro maydonda munosib namoyon etishiga ko‘maklashamiz. Sport, ijodiy va ta’lim tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaymiz.

Ko‘zi ojizlar kutubxonasini qo‘llab-quvvatlash

Respublika markaziy ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasiga Brayl yozuvidagi adabiyotlar, kompyuter texnikasi va maxsus jihozlar taqdim etish orqali amaliy yordam ko‘rsatamiz.

Inklyuziya va teng imkoniyatlar

Alohida ehtiyojga ega insonlarning bilim, texnologiyalar va yangi imkoniyatlardan foydalanishiga hamda jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirok etishiga ko‘maklashuvchi loyihalarni qo‘llab-quvvatlaymiz.

Basketbolni qo‘llab-quvvatlash

O‘zbekiston Basketbol federatsiyasining rasmiy hamkori va homiysi sifatida milliy sport hamda yoshlar dasturlarini rivojlantirishga ko‘maklashamiz.

Hamkorlarimiz

Biz faxrlanadigan lahzalar

Centrum Air ilovasida
tarif narxidan 5% chegirma

App StoreGoogle Play Store
App screenshot
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Centrum Air