. UZS

Aksiya qoidalari

"Sayohatlarga quvvatlangan"

Sayohatga chiqishni yoki ajoyib
travel-merch olishni xohlaysizmi? Qurilmangizni
YOUU yordamida quvvatlang va aksiyada ishtirok eting.

banner

Qanday ishtirok etish mumkin?

1

banner

YOOU powerbankni kamida
65 daqiqaga ijaraga oling
va xizmatga to'lang.

2

banner

Ijarani jarimasiz va qurilmani yo'qotmasdan,
ijarani boshlagan vaqtdan
72 soat ichida yakunlang.

3

banner

Centrum Air va YOOU'ning rasmiy
Instagram va Telegram sahifalariga
obuna bo'ling.

Nimalar yutib olish mumkin?

5

ijara

Brendli xarid sumkasi

banner

10

ijara

Sayohat aksessuarlari

banner

20+

ijara

Centrum Air
aviachiptasi

banner

Ishtirokchilar reytingi

Tez-tez beriladigan savollar

Aksiya umumiy qoidalari

  • Ushbu Qoidalar «Sayohatlarga zaryadlan: YOOU powerbanklarini Centrum Air stikerlari bilan ol va sovrinlarni yutib ol» aksiyasining (keyingi o‘rinlarda – Aksiya) o‘tkazish tartibini belgilaydi.
  • Aksiya tashkilotchilari: Centrum Air savdo belgisi ostida faoliyat yurituvchi «MY FREIGHTER» MChJ hamda YOOU savdo belgisi ostida faoliyat yurituvchi «POWER DISTRIBUTIONS» MChJ.
  • Aksiya muddati: 2026-yil 6-apreldan 30-iyunga qadar (shu kuni ham).
  • Natijalar har oy yakuniga ko‘ra – keyingi oyning 10-sanasigacha e’lon qilinadi.
  • Aksiya hududi – O‘zbekiston Respublikasi.

Aksiyada kimlar qatnashishi mumkin?

    Aksiya davomida quyidagi shartlarni bajargan, O‘zbekiston hududida yashovchi, 18 yoshdan katta jismoniy shaxslar:

  • YOOU powerbank ijarasi xizmatidan foydalanganlar (qurilma quvvatlanishi kamida 65 daqiqa davom etgan bo‘lishi, ijara yakunlangan va to‘langan bo‘lishi kerak);
  • Faqat VIP bo‘lmagan, jarimasiz va powerbank yo‘qolgan deb qayd etilmagan (ijara olingandan 72 soat / 4320 daqiqa ichida qaytarilgan) ijaralar hisobga olinadi;
  • Centrum Air va YOOU’ning Instagram va Telegram’dagi rasmiy sahifalariga obuna bo‘lganlar;
  • YOOU powerbank ijarasi shartlari quyidagi manzilda ko‘rsatilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi: https://yoou.uz/privacy.
  • Quyidagilar aksiyada qatnasha olmaydi:

    – «MY FREIGHTER» MChJ va «POWER DISTRIBUTIONS» MChJ xodimlari;

    – yuridik shaxslar;

    – fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar.

Aksiya qanday o‘tadi?

    YOOU powerbank ijarasi xizmatidan shartlarga muvofiq foydalangan foydalanuvchi aksiyada ishtirokchi bo‘ladi va sovrinlar ro‘yxatiga kiritiladi.

    Shartlarga mos keladigan barcha ijaralar har bir ishtirokchi uchun oyning oxirigacha jamlanadi.

    Sovrinlar o‘yinlari har oy – hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha tasodifiy tanlash orqali o‘tkaziladi. Kerakli ijara soniga yetgan ishtirokchilar orasidan g‘oliblar aniqlanadi:

  • 5 ta ijara (har biri kamida 65 daqiqa) – sovrin: Centrum Air shopperi;
  • 10 ta ijara – sovrin: Centrum Air’ning brend merch to‘plami (shopper, remuvka, samolyot modeli);
  • 20 ta va undan ko‘p ijara – Centrum Air aviabiletini o‘ynashda ishtirok etish.
  • Natijalar Centrum Air va YOOU’ning Instagram va Telegram’dagi sahifalarida e’lon qilinadi. G‘oliblar qisman ko‘rsatiladi — telefon raqami va YOOU ilovasidagi so‘nggi ijara ID bo‘yicha (shaxsiy ma’lumotlar to‘liq e’lon qilinmaydi).

Qanday sovrinlar yutish mumkin?

    Sovrinlar:

  • Centrum Air brend aksessuarlari (shopperlar – 100 dona, merch to‘plamlari – 100 dona);
  • Centrum Air reysiga aviabilet.
  • Asosiy sovrin sifatida «MY FREIGHTER» har oy Centrum Air muntazam reyslari mavjud istalgan yo‘nalishga Base tarifida bir dona borib-kelish aviabileti taqdim etadi.

    Aksiya davomida (2026-yil aprel–iyun) jami:

    – 3 ta aviabilet,

    – 300 ta shopper,

    – 300 ta merch to‘plami o‘ynaladi.

    Aviabilet g‘olibi uni sovrin olingan kundan boshlab 3 oy ichida ishlatishi mumkin.

    Sovrin egasi sovrinni pul ekvivalenti yoki boshqa sovringa almashtirishni talab qila olmaydi.

    Sovrinlar soni cheklangan.

    100 ta shopper va merch to‘plamlari to‘liq tarqatilgandan so‘ng, shartlarni bajargan ishtirokchilar ularning o‘rniga Centrum Air aviachiptalariga 5% chegirma uchun promokod oladilar. Promokod berilgan kundan boshlab 3 oy davomida amal qiladi.

    Tashkilotchi sovrinlar tarkibini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlaydi va bu haqda rasmiy sahifalarda xabar beradi.

Sovrinlar qanday topshiriladi?

  • Sovrinni olish bo‘yicha ma’lumot ishtirokchilarga SMS yoki telefon qo‘ng‘irog‘i orqali yuboriladi.
  • Sovrin olish uchun ishtirokchi shaxsini tasdiqlashi va kontak ma’lumotlarini taqdim etishi kerak (F.I.Sh., telefon raqami, e-mail, YOOU ilovasidagi ijara tarixi).
  • Sovrinlar Toshkentdagi «MY FREIGHTER» (Centrum Air) ofisidan (Manzil: Toshkent, Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi, 38b) olib ketish yoki ishtirokchi hisobidan kur’er orqali yetkazib berish yo‘li bilan topshiriladi.
  • G‘olib bilan YOOU profilidagi ma’lumotlarning mos kelmasligi sababli shaxsni aniqlab bo‘lmasa, sovrinni topshirish rad etilishi mumkin.
  • Sovrinni olish bilan bog‘liq barcha boshqa xarajatlar ishtirokchi zimmasida.
  • G‘olib o‘z huquqlarini uchinchi shaxslarga to‘liq yoki qisman o‘tkaza olmaydi.

Mas’uliyat va boshqa shartlar

  • Tashkilotchi aksiya shartlari va muddatlarini o‘zgartirishga haqli, o‘zgarishlar rasmiy sahifalarda e’lon qilinadi.
  • O‘zgarishlar e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi va agar yangi qoidalarning o‘zida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa, avvalgi munosabatlarga ham qo‘llaniladi.
  • Tashkilotchi aksiya rejalashtirilganidek o‘tkazilmaydigan holatlarda aksiyani to‘xtatishi yoki vaqtincha to‘xtatib turishi mumkin. Bu da’vo uchun asos bo‘lolmaydi.
  • Tashkilotchi ishtirokchilarning sovrinni olish uchun zarur bo‘lgan noto‘g‘ri yoki kechiktirilgan ma’lumotlari uchun javobgar emas.
  • Aksiyada ishtirok etish ushbu Qoidalarga va shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilikni bildiradi.

Yakuniy qoidalar

  • Ushbu Qoidalar e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi va aksiya to‘liq yakunlangunga qadar amal qiladi.
  • Qoidalarga kiritilmagan masalalarda Tashkilotchi va ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga amal qiladilar.
  • Aksiya haqidagi ma’lumotlar Centrum Air va YOOU’ning rasmiy sahifalarida va saytlarida joylashtiriladi.
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari
YOOU pauerbanklar ijarasi: aksiyada qatnashing va Centrum Air’dan sovg‘alar yuting!