news cover
26 May, 2025

Centrum Air Samarqand – Vladivostok toʻgʻridan-toʻgʻri reysini ochmoqda

2025-yil 23-iyundan Centrum Air aviakompaniyasi Samarqand – Vladivostok yo‘nalishi bo‘yicha yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalqaro reysni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu aviakompaniyaning O‘zbekiston mintaqalaridan Rossiyaning asosiy shaharlariga parvoz geografiyasini kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadami bo‘ladi.


Parvoz jadvali:


Samarqand (SKD) – Vladivostok (VVO)

Jo‘nab ketish: 00:25

Yetib borish: 12:30


Vladivostok (VVO) – Samarqand (SKD)

Jo‘nab ketish: 14:30

Yetib borish: 17:20


Reyslar chastotasi: haftasiga bir marta, dushanba kunlari.


Barcha parvozlar bortda yuqori darajadagi xavfsizlik va qulaylikni taʼminlovchi zamonaviy Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.


SKD–VVO yo‘nalishining ochilishi ikki davlat o‘rtasidagi turistik va ishbilarmonlik aloqalarining rivojlanishiga xizmat qiladi hamda Primoryedagi o‘zbekistonliklar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.


Aviachiptalar allaqachon centrumair.com saytida va aviakompaniyaning rasmiy agentlari orqali sotuvda mavjud.