2025-yil 19-iyundan Centrum Air aviakompaniyasi yangi yoʻnalish ochadi — Toshkentdan goʻzal manzarali Issiqkoʻl sohilida joylashgan Tamchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yoʻlga qoʻymoqda. Parvozlar haftasiga ikki marta — payshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Aktual jadval:
Toshkent – Tamchi: jo‘nab ketish 06:05, yetib borish 08:30
Tamchi – Toshkent: jo‘nab ketish 09:30, yetib kelish 10:05
Endi goʻzal manzarali togʻlar qurshovidagi billurdek musaffo suvli ko‘l bo‘yida yozgi dam olish kunlarini o‘tkazish uchun bor-yo‘g‘i ikki soatlik parvoz kifoya. Centrum Air Issiqko‘lni yanada yaqinroq va qulayroq qiladi: aviachipta narxlari 700 000 so‘mdan boshlanadi.
Ko‘l o‘zining yumshoq iqlimi, iliq suvlari va keng tanlovdagi kurortlari bilan har yili minglab sayyohlarni o‘ziga jalb qilib keladi. Centrum Air esa O‘zbekiston bilan Markaziy Osiyoning eng mashhur kurort yo‘nalishlaridan birini qulay va shinam tarzda bog‘lamoqda.
Chiptalarni hoziroq centrum-air.com saytida bron qiling va koʻl boʻyida uchrashamiz!
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Aloqaga chiqing
Onlayn murojaat
Mening bronlarim
Qo'llab-quvvatlash