. UZS

London, Buyuk Britaniya, 2026-yil 4-mart — Centrum Air Acron Aviation kompaniyasi koʻmagida yoʻriqchilar (instruktorlar) tayyorlash (train-the-trainer) boʻyicha kompleks dasturni muvaffaqiyatli yakunladi. Buning natijasida ichki oʻquv jamoamiz uchuvchilar uchun ekipaj resurslarini boshqarish (CRM) boʻyicha treninglarni mustaqil oʻtkazish uchun zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻldi.
Ushbu tashabbus Centrum Air’da xavfsizlik madaniyatini rivojlantirishda muhim qadam boʻlib, yoʻriqchilarga CRM boʻyicha oʻqitishni, jumladan, inson omili masalalarini barqaror ichki asosda olib borish uchun vositalar, bilim va koʻnikmalarni taqdim etdi.
Acron Aviation’ning CRM sohasida ekspertizaga ega boʻlgan maxsus jamoasi moslashtirilgan oʻquv dasturini ishlab chiqdi, yoʻriqchilar uchun qator treninglar oʻtkazdi va Centrum Air’ning yangi sertifikatlangan yoʻriqchilari bilan birgalikda joriy etishning dastlabki bosqichini qoʻllab-quvvatladi.
Hamkorlikdagi bunday yondashuv ham tezkor operatsion tayyorgarlikni, ham oʻqitish tizimining uzoq muddatli barqarorligini taʼminlaydi.
Acron Aviation prezidenti Devid Kouard shunday dedi:
«Aviakompaniyalarning oʻz oʻquv tizimini yaratish imkoniyatlarini kengaytirish mijozlar uchun uzoq muddatli qiymatni shakllantirish falsafamizning asosiy elementidir. Centrum Air jamoasini mustaqil ravishda CRM-treninglar oʻtkazish imkoniyati bilan taʼminlash orqali nafaqat bugungi operatsion xavfsizlik va samaradorlikni oshiramiz, balki ularning uzoq muddatli oʻsish ambitsiyalarini ham qoʻllab-quvvatlaymiz».
U, shuningdek: «Mazkur dastur uzoq muddatli sheriklik aloqalarini oʻrnatishga boʻlgan sodiqligimizni aks ettiradi — biz mijozlarimiz bilan yelkama-yelka ishlab, ularning tashkilotini kelgusi yillar davomida mustahkamlaydigan barqaror yechimlar yaratamiz», — deb qoʻshimcha qildi.
Centrum Air uchun afzalliklar faqat operatsion samaradorlik bilan cheklanib qolmaydi. CRM tamoyillarini xavfsizlik madaniyatiga chuqur joriy etish orqali aviakompaniya uchuvchilar ish samaradorligini oshiradi, o‘sish strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydi hamda Yevropa Aviatsiya Xavfsizligi Agentligining (EASA) barqaror CRM amaliyotlarini joriy etishni talab qiluvchi sertifikatini olish jarayonini jadallashtiradi.
Eldar Hamdeyev, LLC My Freighter / Centrum Air parvoz ishlarini tashkil etish boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari, shunday taʼkidladi:
«Bunday fundamental yondashuv Centrum Air’ni novator — mintaqada mustaqil ravishda CRM-treninglar oʻtkazish imkoniyatiga ega yagona aviakompaniya sifatida namoyon etish imkonini beradi. Yoʻriqchilar malakasini oshirish, uchuvchilar kompetensiyalarini rivojlantirish va tashqi provayderlarga bogʻliqlikni kamaytirish aviakompaniyaning xavfsizlik madaniyatini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi».
Ushbu bosqich, shuningdek, ikki tashkilot oʻrtasidagi rivojlanib borayotgan hamkorlikni mustahkamlaydi. Centrum Air uchuvchilari allaqachon Acron Aviation’ning Londondagi oʻquv markazida Type Rating boʻyicha tahsil olmoqdalar, Acron Aviation esa CRM standartlari ustidan nazoratni davom ettirayotganini hisobga olsa, ushbu hamkorlik har ikki kompaniya uchun uzoq muddatli qiymatni shakllantiradi.

Centrum Air aviakompaniyasi ikkita mashhur yo‘nalish: Toshkent – Bangkok va Toshkent – Phuket bo‘yicha aviachiptalarga maxsus aksiya boshlanganini e’lon qiladi.Aksiya shartlari:Toshkent – Bangkok va Toshkent – Phuket yo‘nalishlarida barcha yo‘lovchilar uchun aviachiptalarga 25% chegirma amal qiladi.2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan yosh sayohatchilar uchun esa kengaytirilgan – 45% gacha chegirma taqdim etiladi.Chegirmalar ham bir tomonga, ham borish-kelish chiptalariga amal qiladi.Aksiya muddati:– Chiptalarni sotib olish davri: 2026-yil 11 – 31-may.– Parvoz qilish davri: 2026-yil 11-maydan 31-iyulgacha.Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida sotib olishingiz mumkin: centrum-air.com
13 May, 2026

Pokistonning yirik sayyohlik agentliklari vakillari, yetakchi kompaniya raislari va bosh direktorlari Centrum Air aviakompaniyasining Toshkentdagi idorasiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish hamda Pokistondan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirishdan iborat.Pokiston delegatsiyasiga KPK sayyohlik agentliklari uyushmasi raisi janob Abid Ud Din boshchilik qildi. Uchrashuv davomida tomonlar Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish, Toshkent orqali qulay tranzit reyslarini yo‘lga qo‘yish hamda ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini yanada mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildilar.Pokiston fuqarolarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Boy madaniy meros, tarixiy shaharlar va an’anaviy mehmondo‘stlik tufayli O‘zbekiston mintaqadagi eng jozibador sayyohlik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, tomonlar turizmning alohida yo‘nalishlari: ayollar guruhlari, ziyorat turizmi, oilaviy va madaniy-ma’rifiy sayohatlarni rivojlantirish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.Eslatib o‘tamiz, Centrum Air aviakompaniyasi 2026-yil 21-apreldan buyon Toshkent – Lahor – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. Reyslar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari bajarilmoqda.Centrum Air turizm sohasini rivojlantirish va xalqaro aloqalarni kengaytirish, sayyohlik tarmog‘i vakillari bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatish hamda sayohatchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga faol hissa qo‘shishda davom etmoqda.
11 May, 2026

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Centrum Air aviakompaniyasining parvoz ekipajlari va xodimlari Toshkentdagi Mustaqillik maydonida joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘ydilar.Ushbu sana – tinchlik yo‘lida jon fido qilgan barcha insonlarga bo‘lgan cheksiz hurmat ramzidir. Biz uchun bu xotirani asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish g‘oyat muhim.Centrum Air qahramonlar jasoratini qadrlaydi va o‘sha suronli yillarni boshidan kechirgan barcha insonlar oldida ta’zim qiladi.
9 May, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan