. UZS

Centrum Air qahramonlar xotirasini yod etadi

Centrum Air qahramonlar xotirasini yod etadi

9 May, 2026

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Centrum Air aviakompaniyasining parvoz ekipajlari va xodimlari Toshkentdagi Mustaqillik maydonida joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘ydilar.

Ushbu sana – tinchlik yo‘lida jon fido qilgan barcha insonlarga bo‘lgan cheksiz hurmat ramzidir. Biz uchun bu xotirani asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish g‘oyat muhim.



Centrum Air qahramonlar jasoratini qadrlaydi va o‘sha suronli yillarni boshidan kechirgan barcha insonlar oldida ta’zim qiladi.




Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Air Krasnodarga ilk reysni amalga oshirdi

Centrum Air Krasnodarga ilk reysni amalga oshirdi

17-iyun kuni Centrum Air Toshkent — Krasnodar yo‘nalishi bo‘yicha ilk reysni amalga oshirdi. Yangi yo‘nalish aviakompaniya marshrutlar tarmog‘ini rivojlantirishdagi muhim qadam bo‘lib, O‘zbekiston va Rossiyaning janubidagi eng yirik shaharlardan biri o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.Krasnodar aeroportida ilk reys yangi yo‘nalish boshlanishining ramzi sifatida aviatsiyaning eng yaxshi an’analari — tantanali suv arkasi, shuningdek mehmonlar uchun esdalik sovg‘alari va shirinliklar bilan kutib olindi.Reyslar chorshanba kunlari qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.Krasnodar jadal rivojlanayotgan shahar bo‘lib, Forbes tomonidan uch marta Rossiyada biznes yuritish uchun eng yaxshi shahar deb e’tirof etilgan. U ishbilarmonlar va sayyohlar uchun birdek qiziqarli: bu yerda mashhur Galitskiy bog‘i joylashgan, Qora dengiz va Azov dengizi sohillarigacha esa yuz kilometrdan sal ko‘proq masofa bor.Aviachiptalar narxi bir tomonga 1 600 000 so‘mdan boshlanadi.Chiptalarni quyidagi manzillardan xarid qilish mumkin: – rasmiy centrum-air.com sayti– Centrum Air mobil ilovasi (App Store va Google Play)

16 Iyun, 2026

Centrum Air Qoʻstanayga ilk reysni amalga oshirdi

Centrum Air Qoʻstanayga ilk reysni amalga oshirdi

13-iyun kuni Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent – Qoʻstanay yoʻnalishi boʻyicha ilk reysni amalga oshirdi. Yangi yoʻnalish ochilishi munosabati bilan aeroportda tantanali tadbir tashkil etildi: samolyot an’anaviy suv arkasi bilan kutib olindi, birinchi reys yoʻlovchilariga esa aviakompaniya tomonidan esdalik sovgʻalari va shirinliklar taqdim etildi.Qoʻstanay Centrum Air’ning Qozogʻistondagi beshinchi yoʻnalishiga aylandi va bu aviakompaniyaning ikki mamlakat oʻrtasidagi transport hamda turizm aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan strategiyasini yaqqol aks ettiradi.Reyslar har hafta shanba kunlari qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.Chiptalar narxi ikki tomonga 1 883 819 soʻmdan boshlanadi.Chiptalar centrum-air.com saytida

12 Iyun, 2026

Centrum Air Apple Pay va Google Pay xizmatlarini yo‘lga qo‘ydi

Centrum Air Apple Pay va Google Pay xizmatlarini yo‘lga qo‘ydi

Centrum Air yo‘lovchilari endilikda aviachiptalar uchun toʻlovlarni Apple Pay va Google Pay orqali amalga oshirishlari mumkin — har ikki xizmat aviakompaniya rasmiy saytida allaqachon ishga tushirildi.Yangi to‘lov usuli karta ma’lumotlarini qo‘lda kiritishni talab qilmaydi: tranzaksiya qurilmaning ichki xavfsizlik mexanizmlari yordamida bitta tugmacha orqali tasdiqlanadi. Bu esa bron qilish jarayonini, ayniqsa mobil telefon orqali, yanada tez va qulay qiladi.Apple Pay va Google Pay xizmatlarining joriy etilishi Centrum Air’ning yo‘lovchilar uchun raqamli xizmatlarni kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadami bo‘ldi.Bundan tashqari, aviakompaniya saytida endi korporativ kartalar orqali to‘lov qilish imkoniyati ham mavjud. Bu xizmat safari bilan parvoz qiluvchilar va xodimlariga aviachipta xarid qiluvchi kompaniyalar uchun qulay yechim hisoblanadi.Chiptalarni centrum-air.com rasmiy sayti orqali bron qilish mumkin.

11 Iyun, 2026

Centrum Air ilovasida
tarif narxidan 5% chegirma

App StoreGoogle Play Store
App screenshot
Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari