. UZS

Centrum Air yangi Farg‘ona – Istanbul yo‘nalishini ishga tushirdi

Centrum Air yangi Farg‘ona – Istanbul yo‘nalishini ishga tushirdi

13 Aprel, 2026

Centrum Air aviakompaniyasi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirmoqda va yangi Farg‘ona – Istanbul xalqaro yo‘nalishi ishga tushirilganini e’lon qiladi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ilk parvoz 14-aprel kuni amalga oshirildi.

Muntazam parvozlar haftasiga ikki marta – seshanba va shanba kunlari qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilmoqda.

Yangi yo‘nalish ochilishi munosabati bilan Istanbul aeroportida ilk reysni tantanali kutib olish marosimi hamda inauguratsiya tadbiri tashkil etildi.

Farg‘ona – Istanbul yo‘nalishining yo‘lga qo‘yilishi Farg‘ona vodiysi yo‘lovchilari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib, dunyoning eng yirik xalqaro aviatsiya xablaridan biri va ommabop turistik manzili bilan qulay aloqani ta’minlaydi.

Aviakompaniya parvozlar geografiyasini izchil kengaytirishda davom etib, yo‘lovchilarga sayohat va xizmat safarlari uchun yangi yo‘nalishlarni taklif etmoqda.




Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Air aviakompaniyasi Tailand reyslari uchun maxsus chegirmalarni e’lon qiladi

Centrum Air aviakompaniyasi Tailand reyslari uchun maxsus chegirmalarni e’lon qiladi

Centrum Air aviakompaniyasi ikkita mashhur yo‘nalish: Toshkent – Bangkok va Toshkent – Phuket bo‘yicha aviachiptalarga maxsus aksiya boshlanganini e’lon qiladi.Aksiya shartlari:Toshkent – Bangkok va Toshkent – Phuket yo‘nalishlarida barcha yo‘lovchilar uchun aviachiptalarga 25% chegirma amal qiladi.2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan yosh sayohatchilar uchun esa kengaytirilgan – 45% gacha chegirma taqdim etiladi.Chegirmalar ham bir tomonga, ham borish-kelish chiptalariga amal qiladi.Aksiya muddati:– Chiptalarni sotib olish davri: 2026-yil 11 – 31-may.– Parvoz qilish davri: 2026-yil 11-maydan 31-iyulgacha.Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida sotib olishingiz mumkin: centrum-air.com

13 May, 2026

Centrum Air Pokistonning yetakchi sayyohlik agentliklari delegatsiyasini qabul qildi

Centrum Air Pokistonning yetakchi sayyohlik agentliklari delegatsiyasini qabul qildi

Pokistonning yirik sayyohlik agentliklari vakillari, yetakchi kompaniya raislari va bosh direktorlari Centrum Air aviakompaniyasining Toshkentdagi idorasiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish hamda Pokistondan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirishdan iborat.Pokiston delegatsiyasiga KPK sayyohlik agentliklari uyushmasi raisi janob Abid Ud Din boshchilik qildi. Uchrashuv davomida tomonlar Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish, Toshkent orqali qulay tranzit reyslarini yo‘lga qo‘yish hamda ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini yanada mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildilar.Pokiston fuqarolarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Boy madaniy meros, tarixiy shaharlar va an’anaviy mehmondo‘stlik tufayli O‘zbekiston mintaqadagi eng jozibador sayyohlik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, tomonlar turizmning alohida yo‘nalishlari: ayollar guruhlari, ziyorat turizmi, oilaviy va madaniy-ma’rifiy sayohatlarni rivojlantirish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.Eslatib o‘tamiz, Centrum Air aviakompaniyasi 2026-yil 21-apreldan buyon Toshkent – Lahor – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. Reyslar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari bajarilmoqda.Centrum Air turizm sohasini rivojlantirish va xalqaro aloqalarni kengaytirish, sayyohlik tarmog‘i vakillari bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatish hamda sayohatchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga faol hissa qo‘shishda davom etmoqda.

11 May, 2026

Centrum Air qahramonlar xotirasini yod etadi

Centrum Air qahramonlar xotirasini yod etadi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Centrum Air aviakompaniyasining parvoz ekipajlari va xodimlari Toshkentdagi Mustaqillik maydonida joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘ydilar.Ushbu sana – tinchlik yo‘lida jon fido qilgan barcha insonlarga bo‘lgan cheksiz hurmat ramzidir. Biz uchun bu xotirani asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish g‘oyat muhim.Centrum Air qahramonlar jasoratini qadrlaydi va o‘sha suronli yillarni boshidan kechirgan barcha insonlar oldida ta’zim qiladi.

9 May, 2026

Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari