. UZS

Centrum Holidays Antaliya turlari dasturini kengaytirmoqda

Centrum Holidays Antaliya turlari dasturini kengaytirmoqda

22 Aprel, 2026

Centrum Holidays Centrum Air aviakompaniyasining Toshkent – Antaliya – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslari asosidagi Antaliya turistik dasturi kengaytirilganini e’lon qiladi.


2026-yil 15-maydan boshlanadigan parvozlar dasturining birinchi bosqichida reyslar haftasiga 2 marta, seshanba va juma kunlari keng fyuzelyajli qulay Airbus A330 samolyotlarida amalga oshiriladi.


29-maydan boshlab esa dastur har kunlik reyslargacha kengaytiriladi.


Barcha turlar Centrum Holidays’dan parvoz va yashashni o‘z ichiga olgan tayyor turpaketlar formatida taqdim etiladi.

Sayohatchilar kompaniyaning onlayn platformasi orqali mos mehmonxona va dam olish formatini tanlashlari mumkin.


Turpaketning minimal narxi bir kishi uchun 11,4 mln so‘mdan boshlanadi.


Dastur doirasida quyidagi jozibador parvoz shartlari ko‘zda tutilgan:


• Bagaj me’yori 60 kg gacha (weight concept): yo‘lovchilar bagajining umumiy vazni belgilangan me’yordan oshmasa, cheklanmagan miqdordagi bagaj o‘rinlarini tashishlari mumkin;

• qo‘l juki 8 kg gacha;

• 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun parvoz bepul taqdim etiladi (alohida joy ajratilmagan holda);

• 2 yoshdan 11 yoshgacha (shu jumladan) bo‘lgan bolalar uchun – asosiy tarifdan 1 200 000 so‘m chegirma.


Takliflar, mehmonxonalar va parvoz sanalari haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar Centrum Holidays platformasida mavjud.


Ma’lumot uchun kontaktlar:

Telefonlar: +998772820880, +998772810880, +998702000880

Sayt          Instagram          Telegram

Barcha so'nggi yangiliklar bilan tanish bo'lish uchun bizning Instagram sahifamizga obuna bo'ling.

Boshqa yangiliklar:

Centrum Air Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini xodimlarning oilalari bilan birga nishonladi

Centrum Air Xalqaro bolalarni himoya qilish kunini xodimlarning oilalari bilan birga nishonladi

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Centrum Air aviakompaniya xodimlarining farzandlari uchun o‘z eshiklarini ochdi. Ushbu kun jajji mehmonlar va ularning ota-onalari uchun haqiqiy bayramga aylandi.Bolajonlar uchun maxsus dastur tayyorlandi, aviakompaniya bosh direktori va asoschisi Abdulaziz Abdurahmonov esa bolalarni shaxsan tabriklab, ularga sovg‘alar topshirdi. Tadbir samimiy va do‘stona muhitda o‘tib, bolajonlarga olam-olam quvonch va unutilmas taassurotlar ulashdi.Ularning ko‘pchiligi uchun bu erda bo‘lish, ota-onalarining ish joyini ko‘rish hamda ularning har kungi faoliyati bilan yaqindan tanishish uchun birinchi imkoniyat bo‘ldi.Xodimlar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash Centrum Air korporativ madaniyatining muhim qismidir. Kompaniya nafaqat professional yutuqlar, balki oilaviy qadriyatlar ham yuksak qadrlanadigan qulay va mehmondo‘st muhit yaratishga intiladi.Centrum Air barcha bolajonlarni va ota-onalarni Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklab, ularga baxtli bolalik, yorqin taassurotlar va eng ezgu tilaklar ro‘yobini tilab qoladi.

1 Iyun, 2026

Centrum Air Priority — barcha aeroportlarda ustuvor ro‘yxatdan o‘tish xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda

Centrum Air Priority — barcha aeroportlarda ustuvor ro‘yxatdan o‘tish xizmatini yo‘lga qo‘ymoqda

Centrum Air aviakompaniya yo‘nalishlar tarmog‘idagi barcha aeroportlarda yo‘lovchilar uchun amal qiladigan yangi Priority xizmati ishga tushirilganini e’lon qiladi. Ushbu xizmat parvozoldi jarayonlariga ketadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirish va sayohat boshlanishini maksimal darajada qulay qilish imkonini beradi.Xizmatdan foydalangan yo‘lovchilar uchta asosiy afzallikka ega bo‘ladilar:Alohida ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasi — umumiy navbatlarsizBagajlarni ustuvor topshirish — tez va kutishlarsizHavo kemasiga birinchilardan bo‘lib chiqish — qo‘l yukini bo‘sh javonlarga qulay joylashtirish imkoniyatiXizmatni faollashtirish uchun ro‘yxatdan o‘tish hududidagi Priority peshtaxtasiga yaqinlashish, xizmat haqini to‘lash va o‘tish taloniga Priority stikerini olish lozim. Samolyotga chiqishda ushbu stikerni aviakompaniya xodimiga ko‘rsatish kifoya.Toshkent aeroportida to‘lov ro‘yxatdan o‘tish hududida joylashgan Centrum Air aviakassasida amalga oshiriladi.Priority xizmati bir yo‘lovchi uchun parvozga kamida 24 soat qolganda to‘langanda 144 000 so‘m ($12) etib belgilangan. Kechroq to‘lov qilinganda xizmat qiymati 20% ga oshadi.Priority xizmati ayniqsa yo‘lovchi oqimi ko‘p bo‘lgan Dubay, Moskva, Frankfurt, Toshkent, Tbilisi kabi aeroportlarda juda qulaydir. Bundan tashqari, xizmat Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘idagi barcha boshqa aeroportlarda ham mavjud. Muayyan aeroportda xizmat ko‘rsatish tafsilotlarini aviakompaniyaning ro‘yxatdan o‘tish peshtaxtasidagi vakilidan aniqlashtirish mumkin.

23 May, 2026

Centrum Air Xitoy turizm bozori uchun taqdimot oʻtkazdi

Centrum Air Xitoy turizm bozori uchun taqdimot oʻtkazdi

2026-yil 12-may kuni Guanchjouda Centrum Air aviakompaniyasining Xitoy turizm sohasi vakillari bilan professional uchrashuvi – Airline Product Briefing Seminar boʻlib oʻtdi. Tadbir besh yulduzli Jianguo mehmonxonasida aviakompaniyaning mintaqadagi hamkori – Oriental Sky Aviation koʻmagida tashkil etildi.Seminarda turizm biznesining 120 dan ortiq vakillari: turoperatorlar, chipta sotish boʻyicha onlayn platformalar hamda korporativ trevel-menejerlar (TMC) jam boʻldi. Ishtirokchilarning aksariyati Guanchjoudan boʻlishiga qaramay, tadbirga boʻlgan qiziqish Guandun provinsiyasi doirasidan chiqib ketdi – uchrashuvga Pekin, Chansha va Xitoyning boshqa shaharlaridan ham agentlar tashrif buyurdi.Seminar davomida ishtirokchilarga aviakompaniya mahsuloti haqida batafsil maʼlumot berildi: • Centrum Air yoʻnalishlar tarmogʻi va floti • Biznes-klass va bortdagi xizmat koʻrsatish standartlari • Toshkent va Oʻzbekistonning turistik salohiyati • Amaldagi parvozlar jadvali va tariflar tuzilmasi • Band qilish tizimi va guruhli buyurtmalar siyosati • OSA API orqali integratsiyaSeminar Xitoy bozorida Oʻzbekistonga boʻlgan turistik qiziqish barqaror ekanini yana bir bor tasdiqladi. Pekindan Chanshagacha boʻlgan hududlardan ishtirokchilarning kelishi Centrum Air aviakompaniyasining Xitoydagi salohiyatli yoʻlovchilari auditoriyasi faqat bitta mintaqa bilan cheklanib qolmasligidan dalolat beradi.

20 May, 2026

Rasmiy Telegram kanaliga obuna bo'lish orqali so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan

Yuk tashish shartnomasi Maxfiylik siyosatiChipta tariflarini qo'llash qoidalari