. UZS

Centrum Holidays operatori Centrum Air reyslari bilan Toshkent – Antaliya – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni o‘z ichiga olgan yangi turistik mahsulot ishga tushirilganini e’lon qiladi. Dastur 2026-yilning 29-mayidan 29-sentyabriga qadar amalga oshiriladi.
Parvozlar haftasiga 5 marta – dushanba, seshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlariga rejalashtirilgan. Zamonaviy va keng fyuzelyajli Airbus A330 samolyotlarida toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshiriladigan reyslar parvoz vaqtini qisqartirib, yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratadi.
Barcha turlar onlayn sotuvda mavjud bo‘lib, sayohatchilar o‘zlariga mos mehmonxona va dam olish formatini tanlashlari mumkin. Sotuvlar Centrum Holidays kompaniyasining parvoz va yashashni o‘z ichiga olgan tayyor turpaketlari shaklida amalga oshirilmoqda.
Turpaketning minimal narxi bir kishi uchun 11 700 000 so‘mdan boshlanadi.
Takliflar, mehmonxonalar va uchish sanalari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni Centrum Holidays sahifalaridan olish mumkin.
Ma’lumot uchun:
Telefonlar: +998772820880, +998772810880, +998702000880

Centrum Air aviakompaniyasi ikkita mashhur yo‘nalish: Toshkent – Bangkok va Toshkent – Phuket bo‘yicha aviachiptalarga maxsus aksiya boshlanganini e’lon qiladi.Aksiya shartlari:Toshkent – Bangkok va Toshkent – Phuket yo‘nalishlarida barcha yo‘lovchilar uchun aviachiptalarga 25% chegirma amal qiladi.2 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan yosh sayohatchilar uchun esa kengaytirilgan – 45% gacha chegirma taqdim etiladi.Chegirmalar ham bir tomonga, ham borish-kelish chiptalariga amal qiladi.Aksiya muddati:– Chiptalarni sotib olish davri: 2026-yil 11 – 31-may.– Parvoz qilish davri: 2026-yil 11-maydan 31-iyulgacha.Chiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytida sotib olishingiz mumkin: centrum-air.com
13 May, 2026

Pokistonning yirik sayyohlik agentliklari vakillari, yetakchi kompaniya raislari va bosh direktorlari Centrum Air aviakompaniyasining Toshkentdagi idorasiga tashrif buyurishdi. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad — hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish hamda Pokistondan O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirishdan iborat.Pokiston delegatsiyasiga KPK sayyohlik agentliklari uyushmasi raisi janob Abid Ud Din boshchilik qildi. Uchrashuv davomida tomonlar Centrum Air yo‘nalishlar tarmog‘ini rivojlantirish, Toshkent orqali qulay tranzit reyslarini yo‘lga qo‘yish hamda ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik aloqalarini yanada mustahkamlash imkoniyatlarini muhokama qildilar.Pokiston fuqarolarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratildi. Boy madaniy meros, tarixiy shaharlar va an’anaviy mehmondo‘stlik tufayli O‘zbekiston mintaqadagi eng jozibador sayyohlik yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, tomonlar turizmning alohida yo‘nalishlari: ayollar guruhlari, ziyorat turizmi, oilaviy va madaniy-ma’rifiy sayohatlarni rivojlantirish masalalarini ham ko‘rib chiqdilar.Eslatib o‘tamiz, Centrum Air aviakompaniyasi 2026-yil 21-apreldan buyon Toshkent – Lahor – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam parvozlarni amalga oshirib kelmoqda. Reyslar haftasiga ikki marta — seshanba va juma kunlari bajarilmoqda.Centrum Air turizm sohasini rivojlantirish va xalqaro aloqalarni kengaytirish, sayyohlik tarmog‘i vakillari bilan sheriklik aloqalarini o‘rnatish hamda sayohatchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga faol hissa qo‘shishda davom etmoqda.
11 May, 2026

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Centrum Air aviakompaniyasining parvoz ekipajlari va xodimlari Toshkentdagi Mustaqillik maydonida joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gullar qo‘ydilar.Ushbu sana – tinchlik yo‘lida jon fido qilgan barcha insonlarga bo‘lgan cheksiz hurmat ramzidir. Biz uchun bu xotirani asrab-avaylash va uni kelajak avlodlarga yetkazish g‘oyat muhim.Centrum Air qahramonlar jasoratini qadrlaydi va o‘sha suronli yillarni boshidan kechirgan barcha insonlar oldida ta’zim qiladi.
9 May, 2026
© 2026. ООО "My Freighter",
Centrum Air™ — Barcha huquqlar himoyalangan